3-mavzu. Jadval rеdaktоrlardan iqtisоdiy masalalarni yеchish jarayonida fоydalanish


Ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish



Yüklə 80 Kb.
səhifə3/5
tarix13.04.2023
ölçüsü80 Kb.
#97565
1   2   3   4   5
3-mavzu. Jadval rådaktîrlardan iqtisîdiy masalalarni yåchish jar

Ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish.
Diagramma bu ma`lumotlarning electron jadvaldagi grafig ko`rinishi. Diagrammalar umumiy yoki ajratilgan ma`lumotlarni oson tushunishga imkoniyat yaratadi. Bu usul bilan diagrammada aks etgan ma`lumotni oddiy qarashingiz bilan tushunasiz.
Microsoft Excel elektron jadvalida ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish imkoniyati mavjud. Bu esa, sonli ma`lumotlarni oson qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. MS-Excel 2007 dasturida ma`lumotlarni ma`noli aks ettirish uchun juda ko`p grafik turlari mavjud. Agar siz diagramma yaratmoqchi yoki mavjud diagrammani o`zgartirmochi bo`lsangiz, turli xildagi daiagrammalar orasidan o`zingizga keragini tanlaysiz
Foydalanuvchi diagrammani alohida ish varog`ida yoki hosil qilingan jadvalli ma`lumotlar joylashgan ish varog`ining o`zida hosil qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ikkita holda ham diagramma o`z ko`rinishini ma`lumotlar jadvaliga o`zgartirish kiritilgan vaqtida avtomatik tarzda o`zgartiradi.
Ish varog`ida diagramma hosil qilish uchun ma`lumotlar kiritilgan jadval belgilanadi va asosiy menyuning Вставка bo`limidagi Diagramma tasmasida joylashgan ixtiyoriy diagramma turi keltirilgan tugmacha sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi. Bunda ushbu turga kiruvchi diagrammalar ko`rinishi foydalanuvchiga taqdim etiladi.
Natijada ish varog`ida foydalanuvchi tomonidan tanlangan diagramma turiga asosan diagramma hosil qilinadi. Hosil qilingan diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatish uchun diagramma sichqoncha yordamida tanlanadi. Bunda ish oynasining yuqori qismida qo`shimcha Работа с диаграммами menyusi ochiladi.
Foydalanuvchi tomonidan ushbu menyu faollashtirilishi bilan menyu qatorida diagramma parametrlarini o`rnatishga mo`ljallangan tugmachalar qatori paydo bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan qo`shimcha menyu yordamida diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatishga misol ko`rib o`tamiz.
Ayrim hollarda diagrammada keltirilgan tasviriy ma`lumotlar miqdorlarning aniq qiymatini taqdim eta olmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda 1-kvartalda sotilgan mebellarning qiymati diagrammada 200000 va 250000 oralig`ida berilgan. Sotish hajmining aniq qiymatini diagrammada taqdim etish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
1. Hosil qilingan diagramma faollashtiriladi;
2. Работа с диаграммами qo`shimcha menyusining Макет bo`limi tanlanadi. Ushbu bo`limdagi Подписи данных buyruli tugmacha bosilishi bilan dastur qiymatli ma`lumotlarni diagrammada tasvirlanishiga oid shablonlar tanlanishini tavsiya etadi.
Tavsiya etilgan shablonlarning ixtiyoriysi foydalanuvchi tomonidan tanlanganidan so`ng, diagrammaning mos bo`limlarida sonli qiymatlar taqdim etiladi. Agar ma`lumotlar yozuvini qo`shimcha formatlash talab etilsa (masalan, yozuvning rangi, yozilish holati (vertika, gorizontal yoki ixtiyoriy burchak ostida), shrifti va boshqalar) ma`lumotlar yozuvi ob`yekt osti menyusidan Формат подписей данных buyrug`i tanlanadi va hosil bo`lgan muloqot oynada kerakli parametrlar o`rnatiladi.
Ish varog`ida hosil qilingan diagramma sichqoncha ko`rsatkichi yordamida ushlangan holda ish varog`ining ixtiyoriy joyiga o`rnatilishi, shuningdek, diagramma o`lchami ham shu tariqa o`zgartirilishi mumkin.
Hosil qilingan jadvalda ma`lumotlar vaqt o`zgarishi bilan yangilanib boradi. Jadvalga qo`shilgan ma`lumotlarni hosil qilingan diagrammada aks ettirish uchun diagramma sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi (bunda diagramma bilan aloqada bo`lgan jadval ma`lumotlari rangli to`g`ri to`rtburchaklar yordamida ajratib ko`rsatiladi va hosil bo`lgan rangli to`g`ri to`rtburchakning nusxa olish arkeri yangi qo`shilgan ma`lumotlar ushbu sohaga qo`shilgunga qadar sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tortiladi.
Jadval ma`lumotlarini samarali taqdim etish maqsadida foydalanuvchi diagrammaning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin.
Hosil qilingan diagramma turini o`zgartirish uchun diagramma ob`yekt osti menyusidan Изменить тип диаграммы buyrug`i ishga tushiriladi va hosil bo`lgan muloqot oynadan kerakli tur diagramma ko`rinishini tanlash mumkin.
“Chart Wizard” (diagramma yaratish uchun barcha funksiyalar, diagrammaning barcha turlarini o`zida jamlagan buyruq) ning avvalgi versiyalari Excel 2007 dasturida joylashtirilganiga uncha ko`p bo`lmadi. Bu buyruq “Insert” tugmasidagi, grafik funksiyalarga joylashtirilgan.
Ms Excel 2007 visual ko`rsatish uchun smarali, dinamik grafiklar yaratish vostilari bor. Yangi Office 2007 dasturlari bu grafik funksiyalarini yanada osonroq va samaraliroq qiladi3.



Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin