3-Mavzu. Jinsiy ko’payishninhg sitologik va biokimyoviy asoslari reja



Yüklə 386,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.02.2023
ölçüsü386,16 Kb.
#84912
  1   2
3-ma\'ruza genetika



3-Mavzu. 
JINSIY 
KO’PAYISHNINHG 
SITOLOGIK 
VA 
BIOKIMYOVIY ASOSLARI 
Reja. 
Jinsiy ko‘payish xillari. 
Кopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametagamiyaning xillari. 
Partenogenez, ginogenez va androgenez. 
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). 
Qo‘sh urug‘lanish
Adabiyotlar: 3,6,8,14. 
Jinsiy ko‘payish odatda ikki jinsiy hujayra gametalarining qo‘shilishi bilan ro‘y 
beradi. Jinsiy ko‘payishning bunday gametalarning qo‘shilishi bilan sodir bo‘lishi 
ham evolutsion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning eng qadimiy 
ibtidoiy ko‘rinishi plazmagomiya hodisasida namoyon bo‘ladi. 
Plazmagomiyada (ayrim amyobalar sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib, ikki 
yadroli tuzilma hosil bo‘ladi. Qisqa muddatdan so‘ng hujayra sitoplazmasi qayta 
ikkiga bo‘linadi. Har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega bo‘ladi. 
Jinsiy ko‘payishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga ajratish 
mumkin: konyugatsiya, kopulyasiya. Кonyugatsiya bakteriya, infuzoriyalarga xos 
bo‘lgan ko‘payish usulidir. Odatda kiprikli sodda hayvonlar oddiy bo‘linish yo‘li 
bilan ko‘payadi. Bunday ko‘payishlardan keyingi jinsiy ko‘payish-konyugasiya 
sodir bo‘ladi. 
Кonyugatsiya boshlanganda ikki hujayra o‘ta yaqinlashadi-hujayralararo 
tutashtiruvchi tortma hosil bo‘ladi. So‘ngra yadrolar murakkab jarayonni boshidan 
kechiradi. Bakteriyalarda konyugatsiya tufayli DNК bir hujayradan ikkinchisiga 
o‘tadi. Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi jinsiga mansub, gaploid xromosoma 
to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralar o‘zaro qo‘shiladi. Bunday ko‘payish – 
gametogenez 
evolutsiya 
taraqqiyoti 
davomida 
murakkablashib 
borgan. 
Gametagamiyaning ikki shakli tafovut etiladi: Кopulyasiyali va kopulyasiyasiz 
gametogamiya. 
Jinsiy ko‘payishning kopulyasiya bilan kechadigan xili jinsiy hujayralarning hosil 
bo‘lishi va ulurning qo‘shilib, yangi sifatli hujayra zigotaning hosil bo‘lishi bilan 
ro‘y beradi. Evolutsiya taraqqiyoti jarayonida urg‘ochi va erkak jinsiga mansub 
hujayralararo farqlanish kuchayib boradi. 


O‘z navbatida kopulyasiya bilan ro‘y beruvchi gametogamiyaning 3 xili: izogamiya, 
geterogamiya va aogamiya tafovut qilinadi: 
Izogamiyada hosil bo‘lgan jinsiy hujayra katta-kichikligi va shakliga ko‘ra bir-
biridan farqlanmaydi. Bu usulda ayrim bir hujayralilar (xlomidamanada va b) 
ko‘payadi. 
Geterogamiya (anizogamiya) bir qator suv o‘tlari va xivchillilarga xosdir. Ularda 
ikki xil: harakatchanroq, mayda gametalar-makrogameta va harakati sust, yirikroq 
mikrogameta hosil bo‘ladi. Shunday qilib ilk bor bir-biridan farqlanuvchi jinsiy 
hujayralar 
paydo 
bo‘ladi. 
Oogamiya 
kopulyasiya 
bilan 
bo‘ladigan 
gametogamiyaning eng yuqori shaklidir. Bir gameta yirik harakat tuzilmasiga ega 
emas, bu urg‘ochi gameta, ya’ni tuxum hujayradir. Ikkinchi gameta esa mayda
harakatlantiruvchi xivchinga ega-bu erkak jinsiy hujayrasi-spermatazoiddir. 
Oogamiya jinsiy hujayralar maxsus a’zolarida (urug‘don va tuxumdonlarda) hosil 
bo‘ladi. Кo‘pgina o‘simliklar deyarli barcha hayvonlar oogamiya yo‘li bilan 
ko‘payadi. 
Кopulyasiyasiz gametogamiya kam uchraydi. Gametogamiyaning jinsiy hujayralar 
hosil qilib, ammo ularning butunlay qo‘shilib ketishi ro‘y bermasdan ko‘payishi ro‘y 
beradigan 3 xili tafovut qilinadi: partenogenez, genogenez va androgenez. 

Yüklə 386,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin