3-MAVZU. KASBIY MA’NAVIYATNING O’ZIGA XOS PRINSIPLARI
Reja:
1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri.
2. “Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga
munosib bo’lishni anglash.
3. Adolat, sadoqat, burch va halollik kasbiy ma’naviyatning bosh mezoni.
4. Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon
bo’lishi.
5. Muomala madaniyati, uning asosiy shakl va qoidalari.
6. Kasbiy ma’naviyatda xulq-atvor madaniyati va xodimning tashqi ko’rinishi.
7. Nutq madaniyati, uning mazmun va mohiyati. Kasbiy faoliyat xodimlari nutqiga
qo’yiladigan axloqiy talablar
1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri
Biz oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarni, barcha orzu-niyatlarimizni amalga oshirishda
avvalambor milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng ko’lamli va
murakkab vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi kadrlarni
tayyorlash masalasini muhim
prinsipial va hal qiluvchi darajaga ko’targanimiz hammamizga yaxshi ayon, deganda har bir
sohada
mehnat
qilayotgan
yoshlarning
kasbiy
madaniyat
darajasini
ko’tarishni
nazarda tutgan.
Bugungi kunda “eng yomon narsa – bu odamning oyog’i yerdan uzilishidir. Agarda kim
qayerda tug’ilgani, kimning farzandi ekanini, qaysi zamin, qaysi tuproqning suvini ichib, tuzini
totganini esdan chiqarsa, bilingki, u o’zini butunlay yo’qotgan bo’ladi.
Bunday odamning
kelajagi bo’lmaydi”. Shunday ekan, madaniyat, xulq-atvor va ruhiyat odamzodni kimning va
qaysi elning farzandi ekanligini, kimga va nima uchun xizmat qilishi kerakligini doimiy ravishda
anglatib turuvchi eng muhim tarbiyaviy omil hisoblanadi.
“Kasbiy madaniyat” tushunchasini tahlil qilish uchun,
birinchi navbatda, “kasb”,
“madaniyat”, “faoliyat” kabi tushunchalarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu
tushunchalar orasida “
madaniyat” tushunchasi muhim o’rin tutadi. Chunki madaniyat ulkan
hodisotlar olamini qamrab olgan va mavhumotning yuksak darajasidagi eng umumiy falsafiy-
ijtimoiy tushunchalardan biri hamda madaniyat nazariyasi tahlilini to’g’ri yo’naltira olishi
ijtimoiy jarayonlarga xolis baho berishga yaqinlashishni va ijtimoiy hodisalarga munosib ta’sir
ko’rsatish yo’llarini topishni anglatadi.
“Kasb” va “faoliyat” tushunchalarini ko’rib chiqayotganda
qisqacha tahlil va umum
e’tirof etgan tushunchalar bilan cheklanamiz, chunki ular muayyan muammolar ko’rib
chiqilayotgandagina qiziqish uyg’otadi. “Kasb” tushunchasi lotinchada professio, ya’ni maxsus
nazariy bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni taqozo etuvchi hamda hayot kechirishning oddiy
manbai
hisoblanuvchi mehnat faoliyati, mashg’ulot turi, degan ma’nolarni anglatadi.
Kasbiy madaniyat muammosi bilan bog’liq qarashlarni o’rganish va umumlashtirish
kasbiy madaniyat abstrakt holda emas, balki kasbiy faoliyatning muayyan turi bilan bog’liq,
degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bu, o’z navbatida, kasbiy madaniyatning muayyan turlari
va shakllarini tadqiq etishni talab etadi. Bu yerda kasbiy madaniyatning o’ziga xos shakli, kasbiy
faoliyatning u yoki bu turiga tegishliligi haqida so’z yuritilayotgan bo’lib, unga ko’ra,
huquqshunos, o’qituvchi, siyosatchi, harbiy xizmatchi, ichki ishlar idoralarida xizmat qilayotgan
tezkor qidiruv, tergov hamda profilaktika xodimlarining kasbiy madaniyati to’g’risida so’z
yuritish mumkin.
Kasbiy faoliyatning boshqa turlarida unga oz bo’lsa-da, o’xshash bo’lgan faoliyat turini
uchratish qiyin.
Aytish joizki, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy xulq-atvoriga deviant
submadaniyat, ya’ni umum qabul qilgan madaniyatga zid madaniyat “namoyandalari” bilan
o’zaro
muloqot
ta’sir
ko’rsatmay
qolmaydi
(adabiyotlarda
“aksilmadaniyat” yoki
“kontrmadaniyat” kabi tushunchalar ham uchrab turadi).
Yuqorida ta’kidlanganidek, bularning hammasi ichki ishlar xodimlari mentaliteti, xulq-
atvor qoidalari, qadriyatlar va an’analarning shakllanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Boshqa
tarafdan, ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyati shaxs umumiy madaniyati unsurlaridan
biri sifatida namoyon bo’ladi.