3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
4-5-9-10-12

Aksessuarlar. Zamonaviy ayollarning kiyimlari uning hayot tarziga, yoshi va qiziqishiga 
mos bo’ladi. Libosni akssesuarlarlar – taqinchoqlar, sharf, bosh kiyim, sumkalar va oyoq 
kiyimlar «ko’rsatadi». Ularning turli-tumanligi mos variantlarning topilishi va uyg’unligini 
osonlashtiradi. Did bilan tanlangan jihozlar uning zamonaviy, bashang ko’rsatishga imkon berib, 
uning uslubini ta’kidlab turadi. 
Shubhasiz, tabiiylik va go’zallik doimo va bundan keyin ham eng zo’r bezak bo’lib 
qoladi. Ammo ayollik latofatini uning soch turmagi va oyoq kiyiming o’zi ham baholaydi. Misol 
uchun, yeyilib ketgan poshna – bashanglikning dushmanidir. Yirik, ko’zga tashlanadigan 
aksessuarlar, katta sumkalar, kostyumning yirik ziynatlari, silliq va yorqin rangdagi kalta, yirik 
kashtalar, katta hajmdagi bosh kiyimlar – bu faqat yirik, “qalin suyak” ayollargadir. Sarvqomat, 
o’rta bo’ylik ayollar bunday xunuklashtiradigan narsalardan chetlab o’tgani ma’qul. Bu uni 
bachkalanishtirishi mumkin. 
Kumushdan yasalgan ziynatlar, garchi ularda yarim-qimmatbaho toshlar bo’lsa ham, 
bashang zeb-ziynatlar hisoblanmaydi, agar ular zargarlik san’atining durdonasi bo’lsa, unda bu 
istisno. Bunday holatda ziynatni norasmiy yoki «uy» kiyimiga moslab tutish mumkin. 
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumiga tog’ billurining shaffof yoki tuslisi qo’yilgan bo’lsa, 
unda faqat rasmiy sharoitda tutib yurish mumkin. Bu qoida oltin yoki uning suvi yugrizilgan 
ziynatlarga taalluqli. 
Kumush bilan oltin ziynatlarini baravar taqish mumkin, agar ular did va farosat 
bilan uyg’unlashgan bo’lsa. Masalan, oltin va kumush zanjirlar to’q rangdagi libosni 
go’zallashtirish mumkin, lekin kumush shodalar bilan oltin bilakuzuk taqish nojoizdir.
Ziynatlar to’plami odatda sovg’a tarzida tuhfa qilinadi. Ular o’zida shodalar bilan uzukka 
qo’shib unga mos bo’lgan rusmdagi bilakuzuk yoki uzukni taqozo etadi. Ularni birvarakay 
barchasini taqib olish didsizlikdan dalolat beradi. Muhimi ularning ko’pligi emas, balki sizni 
«ochishidir». Bunday ziynatlarni taqsimab ishlatgan ma’qul. Bo’yin shodasini uzuk bilan, 
ziraklarni bilakuzuk bilan taqing. Ular bilan siz nikoh uzugina taqib olishingiz mumkin. Agar 
ikki yoki uch uzukni taqib yurilsa bu didsizlik hisoblanadi. Zamonaviylik doimo o’zgarib turadi, 
shu sababli uning injiqlariga qaramasdan bir qoidani yodda tutish lozim – hamisha oshirib 
yuborishdan saqlanish. Zero, kiyim va ziynatlarda me’yorni saqlay olmaydigan odamdan ko’ra 
bir oz oddiyroq ko’ringan yaxshiroqdir. Ijodkor-modeler doimo sarvqomat, go’zal va yosh 
ayollarga mo’ljallab liboslar o’ylab topishini unutmangiz. Bunga isbot tariqasida moda 
jurnallarining sahifalarini keltirish mumkin. 
Yoshi o’tgan, to’lishgan yoki semiz ayolning o’n sakkiz yoshli qizlarga o’xshab 
kiyinishga harakat qilishidek ayanchli holat yo’q. Oynaga qarar ekansiz o’zingizga nisbatan 
ob’ektivlilik bilan, o’zingiz istagan obrazning ilk shaklini talab qilgan holda baholash joiz. 
Bunda o’zini har tomondan diqqat bilan kuzatib chiqib, tanqidiy jihatdan yondashishga harakat 
qilmoq kerak. Qarshingizda turgan «notanish ayol» sizga yoqayotgan bo’lsa, demak tayyorsiz. 
Aks holda, hammasini boshqatdan boshlagan ma’qul. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin