uchinchidan, tishning, og’iz bo’shlig’ining tozaligiga e’tibor berish lozim. Chunki
tishdagi illatlar va og’iz bo’shlig’idagi kasallik insondan yoqimsiz hid kelishiga sabab bo’ladi.
Shuning uchun kasal tishlar davolanishi, yo’q tishlar o’rniga sun’iy tishlar qo’yilishi kerak.
Tishdagi jilo odamning istarasini issiq qilib ko’rsatadi;
to’rtinchidan, soch odam husnining bezagi hisoblanadi. Sochning chiroyli qilib
olinganligi va taralganligi ichki ishlar idoralari xodimlarining tashqi madaniyatidan dalolat
beruvchi ko’rsatkichlardan biridir. Soch – husn va, ayni paytda, boshni issiq-sovuqdan saqlovchi
vosita. Yuvib-taralmagan soch xizmat vazifasini bajarishga beparvolikni, o’ziga va tevarak-
atrofdagilarga hurmatsizlikni aks ettiradi. Shuning uchun ham ichki ishlar idoralari
xodimlarining soch-soqoli hamma vaqt batartib bo’lishi kerak. Bu kasbiy burch talabidir;
|