3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
3-topic (1)

yettinchidan, odam tanasida uning tashqi go’zalligiga rahna soluvchi biron-bir o’zgarish 

sodir bo’lsa, uni, albatta, davolash, tibbiy kosmetika vositasida tuzatish chora-tadbirlarini ko’rish 

kerak; 

sakkizinchidan,  erkak  xodimlar  sochlarini  bo’yashlari  mumkin,  ammo  yuzni 

yaltiratadigan  upa-eliklardan  foydalanishlari  odobdan  emas.  Upa-elik  surtish,  lab,  qosh  va 

kipriklarni bo’yash faqat ayol xodimlarga ruxsat etiladi. 

Kiyinish  madaniyati  va  uning  ichki  ishlar  idoralaridagi  xususiyatlari.  Kiyim  insonni 

hayvonot 

dunyosidan 

ajratib 


turuvchi 

turmush 


ziynati 

hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 

1) odam tanasini boshqalar nigohidan yashirib turish; 

2) turli tabiiy sharoitlarda – qishda sovuqdan, bahor va kuzda namgarchilikdan, yozda esa 

quyosh nurlaridan, chang va hasharotlardan himoya qilish; 

3) yurish-turish va mehnat qilishda qulaylikni ta’minlash hamda sog’liqni saqlash; 

4) ko’rkamlik, go’zallik bag’ishlab, odamni latofatli va nafosatli qilib ko’rsatish. 

Inson  tug’ilishidan  boshlab  yo’rgaklanadi.  Ammo  hozirda  dastlabki  kunlardanoq  kiyina 

boshlaydi.  Kiyim  insonning  suratini  emas,  balki  uning  butun  ichki  dunyosini  siyratini  ham 

ko’rsatadigan  omildir.  Madaniyatlilikning  asosiy  belgilaridan  biri  ham,  bu  –  kiyinish  etiketidir. 

Kimning  qanday  kiyinishiga  qarab,  uning  estetik  didi,  farosati,  oddiy  va  ma’naviy  darajasini, 

hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin. 

Kiyinish  etiketi  kiyinish  odobi  kishilarning  o’zaro  muomalasiga,  bir-biriga  bo’lgan 

munosabatiga,  yurish-turishiga ham ta’sir qiladi.  Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud 

emas.  Kiyim  uchun  olinadigan  turli  narsalarning  har  biri  kishining  didi,  bo’y-basti,  yoshi, 

moddiy  imkoniyatlari  hamda  jamiyatda  tutgan  o’rniga  bog’liq.  Inson  kerak  bo’lmagan 

xaridlardan o’zini asrash uchun doimo o’zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda 

mavjud  bo’lgan  kiyimlarning  uslubiga,  gazlamaning  rangiga  mos  keladimi-yo’qmi, 

uni  boshqa  narsalar  bilan  kiysa  bo’ladimi,  va  h.k.  larga  e’tibor  berishi  lozim. 

Kiyinish 

shahsning 

o’ziga 


xos 

xususiyati 

bo’lib, 

hamma 


vaqt 

go’zallik, 

uyg’unlik, 

noziklik, 

odob, 

xushmuomalalik 



haqidagi 

tushuncha 

darajasining 

belgisidir. 

Insonning  tashqi  go’zalligi  kiyim  rangining  bir-biriga  mosligidir,  tabiiyligi  va 

soddaligidadir.  Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko’zga  tashlanmaydigan 

hamda  kishiga  tabiiy  go’zallik  beradigan  va  uning  ayrim  kamchiliklarini  bilintirmaydigan  ust-

bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va faslga mos kiyim kiyishdir. 

Ammo  bu  faqat  axloqiy  tarbiya  bilan  bog’liq  emas.  Balki  estetik  tarbiyaning 

qanday  shakllaganligi  bilan  bog’liq.  Rivojlangan  estetik  did  insonni  nafaqat  kiyinish,  yashash 

umuman  turmush  tarzini  go’zallashtiradi,  balki  avvaldan  qaysi  andoza  yoki  qaysi  ranglar  rusm 

bo’lishini  ilg’ash  qobiliyatini  paydo  qiladi.  Badiiy  asarlar,  san’at  turlarini  estetik  idrok  yetish, 

estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi 

chiroyli  yashashingiz,  balki  o’z  uslubingizni  yaratib,  ularning  tanloviga  ta’sir  qilishingiz  ham 

mumkin. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin