3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
3-topic (1)

Ayollar haqida. Jozibali ayol yoshi, o’z darajasi, ma’lum holatlarga nisbatan doimo mos 

ravishda  o’zini  tutadi  va  kiyinadi.  Tashqi  ko’rinishda  jozibalilikka  erishish  zamonaviylikka 

nisbatan  zehn  bilan  yondashuvdadir.  Zamonaviy  kiyingan  ayol  deganda  o’ta  yorqin  va 

qimmatbaho libos bilan o’ziga jalb qiladigan ayol nazarda tutilmaydi. Zero, bashanglik libosning 

qimmat baholigidan emas, balki nafislik va yuksak diddan iboratdir. 

Zargarlik  do’konidagi  rastalarga  o’xshab,  o’zini  qimmatbaho  taqinchoqlarga  ko’mib 

tashlash  kulgulilikdir.  Ayolning  kostyumi,  uni  kiya  olish  qobiliyati  ayol  kishining  botiniy 

madaniyatiga, badiiy didning darajasiga bog’liqdir. Bu uning iste’dodini zamonaviylikka harbiy 

buyruqqa  kabi  ko’r-ko’rona  taqlid  qilish  qoidasi  emas,  balki  xayolotni  o’yiniga  turtki  beruvchi 

shunchaki ijodiylik sifatida qabul qilishiga bog’iqdir. Aqlli ayol o’z tanlovining imkoniyatlarini 

bir  muncha  kengaytirish  maqsadida  zamonaviylikdan  bir  oz  qolib  kyetishdan  yoki  undan 

o’zibkyetishdan qo’rqmaydi.  Va oxir oqibat u barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik  fazilatini 

yorqin ifodalay oladigan va illatlarini berkitadigan variantlaridan birida to’xtaydi. 

Barcha 


holatlarda 

ayollik 


fahm-farosatining 

qobiliyatini 

o’stirish 

va 


uni 

tarbiyalash  uchun  modalar  jurnalini  doimiy  ravishda  kuzatib  borish  yetarli  emas. 

Buning uchun badiiy ko’rgazmalar, teatr kabi san’atga bog’liq joylarda bo’lib turish, ko’chadagi 

turli-tuman  odamlarni  kuzatish,  musiqa  tinglash,  odamlar  orasida  bo’lish,  xullas,  ichki  didni 

boshqalar  didi  bilan  solishtirish  va  rivojlantirish  zarur.  Bundan  tashqari,  ichki,  ruhiy  ayollik 

latofatini o’zida rivojlantirmoq lozim. 

Buning  uchun  esa  yuksak  darajadagi  badiiy  kitoblarni  o’qishni,  bolalarga  hayrihohlik 

bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u ta’sirchan yoki qattiq bo’lmasin, 

yumshatishni  maslahat  beramiz.  Ayolga  xos  bo’lgan  nazokatni  tabiatdanolishga  harakat  qiling: 

tabiatning  rang

barang    bo’yoqlariyu,  tizmalari  va  uning  ohangini  ko’ra  bilishni  o’rganing.  Va 



albatta  ayol  kishini  muhabbat  yanada  go’zallashtiradi.  Hayotning  ikir-chikir  tashvishlariyu 

qiyinchiliklariga  qaramasdan  sevishni  o’rganing.  Muhabbatsiz  go’zallik  tez  so’nadi.  Biz  esa 

Go’zallik dunyoni qutqaradi” degan naqlni unutganimiz yo’q. 



Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go’zal bo’lishga intiling. Bunga esa agar istasa, har 

qanday ayol tinimsiz o’z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar u kunda o’zining tabiatini 

tarbiyalab borsa. Agar u o’ziga va qalbiga oz bo’lsa ham erinchoqlikka yo’l bermasa. Agar o’z-

o’ziga  nisbatan  talabchan  bo’lsa.  Agar  odamlarni  hurmat  qilishni,  sevishni  va  ularga  nisbatan 

rahm-shafqatli bo’lishga o’zini o’rgatsa.  

Agar o’z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa. Agar yaqinlarini egovlab, ularni janjal bilan 

qiynamasa,  o’ziga  o’zi  hadeb  achinavermasa,  va  shikoyatchiga  aylanmasa.  Aynan  mana 

shulardan  keyingina  ayol  kishiga  xos  bo’lgan  latofat  boshlanadi.  Va  hech  qanday  bashang 

liboslar uning aksini berkita olmasligini unutmang. Jizzakilik, g’azab, surbetlik, qo’pollik, hasad, 

xo’jayinchilikka  bo’lgan  ehtiros  va  boshqa  inson  gunohlarini  (afsuskiy  ayollarga  xos  bo’lgan) 

qimmatbaho va yaltiroq lattalar bilan berkitib bo’lmaydi. 

Uyda  ayniqsa  ayol  kishi  uyda  chiroyli  kiyinishi  lozim.  Bunda  rangi  o’chib 

ketgan,  tor  yoki  osilib  ketgan  kiyimlar  kiyish  nojoizdir.  O’zimizga  mos  tarzda 

kiyinishimiz  to’satdan  mehmonlarni  kirib  qolishini  aytmagan  holda,  yaxshi  kayfiyat  bilan 

yurishga kerakdir, Ro’zg’or masalasini hisobga oladigan ayollar, eskirgan liboslarni yaxshi uyda 

kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U nafaqat qulay, balki zamonaviy bo’lmog’i ham 

lozimdir.  Ayol  kishining  shalviragan  kiyimlarni  kiyishi  yoki  eskirgan  kiyimlarga  qayta  ishlov 

bergach,  uni  “uy  kiyimiga  ko’zi  qiymay”  shkafga  ilib  qo’yuvchilarni  hech  narsa  bilan  oqlab 

bo’lmaydi. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin