Hozirgi davrda turli kosmetik mahsulotlarning butun bir aslahalariga egamiz. Ammo ularni
qo’llash zamonaviy ayol uchun birdan-bir maqsadga ega bo’lib qolmasligi, aksincha, uning
uslubini ta’kidlovchi hamda individuallikni namoyon qiluvchi vosita sifatida ish ko’rsatishi
lozim. Kosmetikadan foydalanish yuzni o’zgartirishni emas, balki uning ba’zi bir
chiroyli jihatlarini ta’kidlashni taqozo etadi. Bo’yanishni ko’paytirish hoh u o’n besh yasharlik
qiz bola, hoh o’ttiz yoshlardagi ayol bo’lsin – barchaning yoshini katta qilib ko’rsatadi. Ma’lum
bir yoshga etgach ayollar pardozni kamaytirib, unchalik yorqin bo’lmagan ranglarga o’tishga
harakat qilishlari maqsadga muvofiq.
Kunduzgi pardoz kechki pardozga nisbatan tussizroq bo’lishni yodda tutish kerak.
Qo’llarga kelsak, ular – bizinng “tashrif qog’ozimiz”, desak mubolag’a bo’lmaydi Qo’llarni
parvarishda nafaqat ayollar, balki erkaklar ham avvalo tozalik va ozodalik nuqtai nazardan
diqqatlilik bilan munosabatda bo’lishlari kerak. Lakning rangi lab bo’yog’i bilan uyg’un
bo’lmog’i lozim. Lak qoldiqlari bilan yurishga yo’l qo’ymaslik hamda tirnoq lakini tozalash
vositalardan foydalanishni unutmaslik joiz.
Dostları ilə paylaş: