3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
3-topic (1)

Husayn  Voiz  Koshifiy  o‘zining  “Futuvvatnomai  sultoniy  yoxud  javonmardlik  tariqati” 

asarida  shunday  deydi:  “Murid  (ya’ni  shogird)  sadoqatli  bo‘lsin,  chunki  agar  sidqidildan 

kirishmasa, pirning ma’rifati ko‘nglidan joy olmagay va agar pirning so‘zi diliga ta’sir etmasa, u 

maqsadiga yetolmagay...”. 

Kishi sadoqatli bo‘lishi uchun o‘zida bir qator fazilatlarni shakllantirishi va rivojlantirishi 

lozim.  Birinchi  navbatda,  o‘z  nafsini  yengish  uchun  shijoat  ko‘rsatishi,  hammaga  birday 

beminnat yaxshilik qilishi, o‘zini tanish darajasiga ko‘tarilguncha ilm egallashi, odob qoidalariga 

muntazam  rioya  etishi,  yaqinlari,  birodarlari,  ustozlarining  dilini  ravshan  etadigan  muloyim 

xulqli  bo‘lishi,  boshqalarga  dag‘allik  qilmasligi,  insof  doirasidan  chiqmasligi,  birovga  ozor 

yetkazmasligi,  mayda-chuyda  ishlar  bilan  qanoatlanmasligi,  omonatni  saqlay  bilishi,  rahm-

shafqatli  bo‘lishi,  ota-ona  va  ustozlar  o‘gitiga  qat’iy  amal  qilishi,  eng  asosiysi, 

bularning barchasini sidqidildan bajarishi lozim. 

Demak, insonning sadoqati ajdodlarning o‘gitlari, pand-nasihatlari va vasiyatlariga to‘liq 

va bekamu ko‘st amal qilishda, ota-onaga, do‘sti yorlarga bo‘lgan mehr-oqibatda, el-yurti, xalqi, 

Vatani,  ona  zaminini  sevish,  ardoqlash  va  himoya  qilishda  namoyon  bo‘ladi.  O‘zbek  xalqining 

ma’naviy  merosi,  ota-bobolarimizning  o‘z  hayotiy  tajribalaridan  kelib  chiqib,  avlodlarga 

qoldirgan  o‘gitlari,  pand-nasihatlaridan  nafaqat  O‘zbekiston  xalqi,  balki  butun  dunyo  xalqlari 

bahramand  bo‘lib  kelmoqdalar.  Agar  mana  shu  meros,  ajdodlarimizning  avlodlar  uchun 

qoldirgan  pand-nasihatlari,  badiiy  va  ilmiy  asarlari  avloddan  avlodga  o‘tib  kelmaganida  edi, 

insoniyat bunday taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.  

Shu  nuqtai  nazardan,  har  birimizdan  ajdodlarimiz  merosi  va  vasiyatlariga  sodiq  qolib, 

ularning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda turmush kechirishimiz va mehnat qilish talab etiladi. 

Ota-ona,  oilaga  bo‘lgan  sadoqatimizni  ota-onalarimizning  og‘irini  yengil  qilish,  turish-

turmushidan  xabar  olib  turish,  shirin  so‘z  bilan  ularning  ko‘ngillarini  ovlash,  ezgu  ishlarimiz 

bilan ularning haqlariga duoi salomlar yetkazish orqali namoyon qilishimiz mumkin. Darhaqiqat, 

kishi  biror  ezgu  ishni  amalga  oshirsa,  birovning  dardiga  malham  bo‘lsa,  el-yurtning  tinchligi, 

osoyishtaligi,  farovon  turmushi  uchun  qayg‘ursa,  xalqimiz  “otasiga  rahmat”,  “oq  sut  berib  

oqqan onasiga rahmat” deb duoga qo‘l ochadi. 

Har  qanday  ota  va  ona  uchun  farzandi  orqasidan  rahmat  eshitish  eng  kata  baxtdir. 

Farzandlarni  kiyintirish,  yedirib  ichirish,  tarbiyalash,  ilmu  ma’rifatli  qilish,  ularga  mehr  berish 

kabilar orqali har bir ota o‘z oilasi va farzandlari oldidagi burchini ado etgan va ularga nisbatan 

sadoqatini namoyon etgan bo‘ladi. 



Burch  –  ma’naviy  sohada  yuksak  mas’uliyat,  lafzi  halollik,  va’daga  vafo  qilishni, 

huquqiy  sohada  qonun  hujjatlari,  shartnoma,  xizmat  bo‘yicha  yuklangan  majburiyatni 

anglatuvchi  tushuncha.  Burch  –  inson  ma’naviyatining  tarkibiy  qismi,  ma’naviyat  falsafasining 

fundamental  kategoriyalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  tushuncha  shaxsning  zimmasiga  qo‘yilgan 

talablarga  nisbatan  mas’uliyati  va  majburiyatini  bajarish  ma’naviy  zaruratga  aylanishini 

ifodalaydi. 

Ma’naviy qadriyat – burchning manbai inson bo‘lib, uning mazmunmohiyati jamiyatga, 

ijtimoiy  tuzilmalarga  halol  xizmat  qilish  munosabatida  namoyon  bo‘ladi.  Burch  kategoriyasi 

mas’uliyat, o‘zlikni anglash, vijdon, xulq kabi tushunchalar bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. 

Chunki  burch  insonning  ma’naviy  qiyofasini  tavsiflovchi  voqelikdir.  Burch  ijtimoiyindividual 

xususiyat  va  subyektiv  jihatlarga  ega.  Avvalo,  u  mas’uliyat,  majburiyat  kabi  umuminsoniy 

qadriyatlarga tayanadi. Har bir kishining oila, ota-ona, Vatan, xalq oldidagi umumiy burchi bilan 

bir  qatorda,  burchning  individual  darajasi  ham  mavjud.  Burch  muayyan  shaxsga  xos  va’daga 

vafo,  o‘z  so‘zida  turish,  obro‘-e’tibor  va  sha’nini  saqlash,  halollik  kabi  xislatlarda 

yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bois burch va halollik bir-birini taqozo etadi. 

Ma’lumki,  burchning  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy  asoslari  Konstitutsiya  va  qonunlarda 

o‘z aksini topgan. Uning iqtisodiy asoslarini turli shartnomalarda yaqqol ko‘rish mumkin. Burch 

erkin,  anglangan  holda  tanlab  olingan  taqdirdagina  ma’naviy-axloqiy  kategoriya  sifatida  amal 

qiladi.  Burchning  negizlaridan  biri  iymon-e’tiqod  bo‘lib,  bunday  sifatga  ega  bo‘lgan  inson  uni 

teran  anglaydi,  unga  sadoqatli  bo‘lishga  intiladi.  Inson  ma’naviyatida  burchning  alohida 




ahamiyati ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida dolzarblik kasb etadi. Burch vijdon, e’tiqod, 

mas’uliyat  kabi  tushunchalar  bilan  mustahkam  bog‘liq.  Shu  bois  xodim  o‘z  xizmat  vazifasiga 

vijdonan, o‘ta mas’uliyat  bilan  yondashishi  talab etiladi. Umuman, xodimning xizmat faoliyati 

va  har  bir  xatti-harakati  zamirida  burchga,  qasamyodga,  el-yurtga  sadoqat  yotishi  uning 

martabasini ziyoda qiladi va xalq ishonchini qozonishga olib keladi. Burchning insonlik burchi, 

fuqarolik  burchi,  otalik  burchi,  onalik  burchi,  farzandlik  burchi  singari  barcha  davrlar  uchun 

umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi, ichki 

ishlar idoralari xodimlari burchi kabi kasblar doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burchning 

muhim  jihatlaridan  yana  biri  uning  ma’lum  vaqt  mobaynida  va  jamiyatda  o‘ziga  xos  tarzda 

namoyon  bo‘lish  xususiyatiga  ega  ekanidir.  Chunonchi,  bir  tuzum  yo  jamiyatda  ijobiy 

hisoblangan burch talablari boshqasi uchun salbiy ma’no kasb etishi mumkin. Harbiylashgan va 

o‘ta mafkuraviylashgan jamiyatlarda esa burch omma hamda shaxs hayotida fojiaviy tus olishi 

ham mumkin.  

Ustalik bilan yo‘lga qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi 

oqni qora, qorani oq deb qabul qiladi. Bu umumbashariy va milliy qadriyatlarni oyoqosti qilgan 

shafqatsiz  totalitar  tuzumlar  mafkurasi  va  amaliyotida  yaqqol  namoyon  bo‘lganligini  hozirgi 

keksa  avlod  yaxshi  biladi.  Tarixda  o‘z  burchiga  sadoqatli  bo‘lgan  kishilar  taqdiri  og‘ir 

kechganiga  ko‘plab  misollar  keltirish  mumkin. Masalan,  Furqat  mustamlakachilar  mafkurasiga 

xizmat  qilganida  hayoti  rohat-farog‘atda  kechishi  mumkin  edi.  Lekin  u  Vatan  va  xalq  oldidagi 

burchiga sodiq qolib, muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor bo‘ldi, Vatanda yiroqda vafot etdi. 

Ba’zan burch tufayli kishilar sevgisidan, hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan kechishga 

ham majbur bo‘ladi. 

Konstitutsiyamizda  qonunlarga  rioya  etish,  boshqa  kishilarning  huquq  va  erkinliklari, 

sha’ni  va  qadr-qimmatini  hurmat  qilish,  xalqimizning  tarixiy,  madaniy  va  ma’naviy  merosini 

avaylab-asrash,  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‘lish,  qonun  bilan  belgilangan 

soliqlar  va  mahalliy  yig‘imlarni  to‘lash,  Vatanni  himoya  qilish  har  bir  fuqaroning  burchi  ekani 

qayd etilgan. O‘z burchiga sodiqlik har bir kishining axloq-odobi, ma’naviy qiyofasini ifodalasa, 

so‘zining ustidan chiqmaydigan, o‘z burchini bajarmagan kishilar xalq orasida hurmat topmaydi. 



Burch o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, u tarbiya jarayonida kamol topadi. Shu ma’noda, o‘z 

burchini  yaxshi  anglaydigan,  o‘ziga  talabchan,  ishi,  bilimi  va  kuch-quvvatiga  ishonadigan,  o‘z 

qadr-qimmatini saqlay oladigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bugungi kunning 

eng  muhim  vazifasidir.  Burch  bajarilishi  lozim  va  talab  etiladigan  vazifa,  ya’ni  majburiyat. 

Shaxsning  ota-onasi,  farzandlari,  yoru  do‘stlari,  ustoz-murabbiylari,  Vatani,  xalqi  va  kasbi 

oldidagi  burchlari  mavjud.  Biroq  ushbu  burchlarni  hamma  ham  birdek  to‘liq  ado  etavermaydi. 

Shuning  uchun  ham  jamiyatda  insonlar  o‘rtasidagi  turli  munosabatlarda  muammolar  paydo 

bo‘ladi, insonlarning haq-huquqlari buziladi, huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etiladi. 

Konstitutsiyamizning 52-moddasida O‘zbekistonning har bir fuqarosi zimmasiga Vatanni 

himoya  qilishdek  muqaddas  konstitutsiyaviy  burch  yuklatilgan.  Xalq  va  mamlakat  rahbariyati 

ishonch  bildirgan  kishilar,  shu  jumladan  ichki  ishlar  idoralari  xodimlari  ham,  o‘z  vazifalarini 

puxta  va  halol  bajarsalar,  Vatan  va  halq  osoyishtaligi  ta’minlanib,  barqaror  taraqqiyot  davom 

etadi. Buning uchun barchamizdan vijdonimiz uyg‘oq bo‘lishi kerak. Chunki bugun islohotning 

qay darajada amalga oshishi nafaqat rahbarlarning dunyoqarashiga, balki ularning halol va pok, 

tadbirkor va tashabbuskor bo‘lishiga bog‘liqdir. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin