birinchisi “rostlik, chinlik, to‘g‘rilik” bo‘lsa,
ikkinchisi “samimiyat va ixlos”dir.
Bu xalqimiz o‘rtasida keng tarqalgan sidqidildan, ya’ni chin dildan, sidqu vafo, ya’ni
“sadoqat va vofodorlik” iboralari tarkibida uchraydi. “Siddiq” so‘zining lug‘atlarda to‘rtta
ma’nosi beriladi: birinchisi “g‘oyatda rostgo‘y kishi”, ikkinchisi “Tangriga iymon keltirgan,
unga chin dildan ishongan kishi», uchinchisi “Ya’qubning o‘g‘li Yusufning laqabi” va
to‘rtinchisi “Muhammad payg‘ambarning birinchi xalifasi Abubakrning laqabi”. “Sadqa” so‘zi
“qurbon, fido” degan ma’nolarni anglatib, xalq tilida “sadaqa” shaklida ham qo‘llanadi. Bu so‘z
“qurboning bo‘lay” ma’nosidagi “sadqang (sadaqang) bo‘lay” iborasi hamda befahm odamga
nisbatan “gapirgandan foyda yo‘q ekan” ma’nosida ishlatiladigan “sadqai gap” iborasi tarkibida
uchraydi. “Sadaqa” so‘zi esa “tilanchilarga beriladigan xayr, ehson” ma’nosida ishlatiladi.
Tilimizda qo‘llanadigan “tasdiq” va “tasadduq” so‘zlari ham “sidq” o‘zagidan hosil
bo‘lgan. Demak, “sadoqat” tushunchasining zamirida to‘g‘ri so‘zlik va to‘g‘ri amallik, ya’ni
so‘z va amal birligi, biror kishi yoki narsaga (masalan, g‘oya, maqsad, kasb-kor, oila, Vatan
kabilarga) chin ko‘ngildan ishonish va ixlos qo‘yish, uning uchun o‘z oromi va manfaatlaridan
voz kechish, ezgu maqsad yo‘lida o‘zini qurbon qilishga ham tayyor turish kabi mazmun yotar
ekan.
|