3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Erkaklar  va  ayollar  uchun  zamonaviylik



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
3-topic (1)

Erkaklar  va  ayollar  uchun  zamonaviylik.  Kiyim  ma’lum  davr  va  ijtimoiy 

sharoitda  kishilarning  go’zallik  haqidagi  qarashlari  mujassamlashadigan  moda  –  rusm  bilan 

bog’liq.  Kishilik  jamiyati  rivoji  jarayonida  bu  qarashlar  o’zgara  boradi,  Shu  munosabat  bilan 

moda  ham  uzluksiz  o’zgarib  turadi.  O’zbek  xalqining  milliy  madaniyati,  urf-odatlari  asrlar 

davomida davr va sharoitga, jamiyat taraqqiyotiga moslashib o’zgarib kelgan. Tarixga aylangan 



kiyim  va  liboslarni  qanday  kiyish  urfi  va  qoidalari  deyarli  istisnoli  jihatlardagina  o’z  kuchini 

saqlab qolgan. Ammo odamlar kiyimlarni tanlashda va ixtiro qilishdan toyganlari yo’q. Aksincha 

zamonaviylikka bo’lgan talablar oldingi davrdagiga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. 

Yaxshi  kiyinish  o’ziga  xos  san’at.  Kishi  bu  san’atni  egallashi  uchun  moda  talablariga 

rioya  qilibgina  qolmay,  o’z  didini  ham  taprbiyalashi  kerak.  Didni  tarbiyalash  uchun  qonunlari 

me’yor, va o’zaro mos tushunchalarga asoslangan san’atning barcha turlari bilan tanishib borishi 

lozim. Zehn bilan tanlangan orasta libos uning egasinining didini yaxshiligini bildiradi. Ko’ylak 

javoni  to’la  bo’lmasdan  turib  ham  did  bilan  kiyinish  mumkin.  Yangi  chiqqan  zamonaviy  libos 

ketidan  quvish  emas,  balki  siz  uchun  zarur  bo’lgan  narsa  haqida  o’ylab  ko’rgan  ma’qul. 

Zamonaviy moda mato turlarining yangiligi, uning tusi bilan ham belgilanadi. 

Jiddiy  erkaklarga  nisbatan  ayollar  zamonaviylik  masalalarida  ko’proq  qayg’uradilar. 

Erkaklarga  nisbatan  ayollar  modasi  o’zgaruvchanroqdir.  Yubka  va  kamzullar  bir  kaltalashib 

ketsa,  bir-ikki  yildan  so’ng  –  uzunlashib  ketadi.  Ko’ylakda  ba’zida  belni  ko’rsatib  turadigan 

holatlari  paydo bo’lsa, ba’zida aksi bo’ladi.  Erkaklarga nisbatan matolarning rangdor tuslari va 

fakturasi  turli-tumandir  va,  albatta  turli  xil  zamonaviy  ziynatlar  ham  ayollar  uchundir.  Ammo 

erkaklar  umuman  zamonaviylikdan  yiroq  desak  noto’g’ri  bo’lar  edi.  Kuchli  jins  sohiblarining 

zamonaviylikka bo’lgan qiziqishi – oxirgi yillar yetarli darajada salohiyatga ega. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin