3-Mavzu. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 96,99 Kb.
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü96,99 Kb.
#112283
1   2   3   4
Kasb tushunchasi.....Sobitova Gulhayo

Ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi kasblar nomini kiritish zaruriyati kelib chiqadi. Yangi kasblar ro'yxati kechikish bilan rasmiy ma'lumotnomalarga kiradi “Menedjer” kasbi bugungi kunda keng tarqalgan ammo rasmiy ro'yxatga kiritilmagan.

1979 yildan buyon Yekaterinburg shahrida kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi – ya'ni muhandis – pedagoglar ammo rasmiy ma'lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday masalalarni ko'p keltirish mumkin.

Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sog'lig'i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi.

Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan tomonlarni ko'rsatish maqsadga muvofiq. Bu o'zaro bog'liq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib ular quyidagilardan iborat;

Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan tomonlarni ko'rsatish maqsadga muvofiq. Bu o'zaro bog'liq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib ular quyidagilardan iborat;

1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo'ladi, ya'ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko'nikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo'lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;

2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o'zgaruvchanligi, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni yechish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma'naviy psixologik muhitga bog'liqligi bilan ifodalanadi.


Yüklə 96,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin