University of business and science “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishi 22-MTS-04 guruh 1-bosqich talabasi Turg`unboyeva Muxlisaning “Psixologiya va yosh psixologiyasi” fanidan “Diqqatni rivojlanishi”
mavzusida MUSTAQIL ISHI
REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari
4. Diqqatning xarakterli xususiyatlari:
5. Diqqatning rivojlanishi.
Diqqat haqida tushuncha.
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.

Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi.

O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.