Guliston davlat pedagogika universiteti tasviriy san’at yo’nalishi 1-kurs sirtqi ta’lim talabasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/3
tarix21.03.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#88913
  1   2   3
DIQQAT

GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Tasviriy san’at yo’nalishi 1-kurs sirtqi ta’lim talabasi

Tursunova Dilrabo


Mavzu:DIQQAT TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARI

DIQQAT TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARI

  • REJA:
  • 1. Diqqat haqida tushuncha.
  • 2. Diqqatning fiziologik asoslari.
  • 3. Diqqat turlari
  • 4. Diqqatning xarakterli xususiyatlari

Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. 
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. 
2. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.

2. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI

  • Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin