Diqqatning o`ziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bo`linishi, kulami, parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bo`lgan tomonini ajratib ko`rsatish kerak. Biz ma`lum vaqt oralig`idagi diqqat to`lqini haqida gapirishimiz mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qo`zg`atuvchilar orqali o`rganiladi. Masalan: soatning chiqillashiga quloq soladigan bo`lsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz ba`zan payqaladi, ba`zan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda xuddi shunday hodisa ro`y beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma`lum bo`lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bo`lmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini ko`rsatuvchi bir dalil bo`ladi.
4. DIQQATNING XUSUSIYATLARI
Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o`tish qobiliyatidir. Diqqatning ko`chirilishiga ba`zan ayni bir vaqtning o`zida idrok qilinadigan ikkita o`zaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga to`g`ri keladi, bir - biridan farq qiluvchi ikkita qo`zg`atuvchining ta`sirini ayni bir vaqtning o`zida darhol bilib bo`lmaydi.