A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
3. DIQQAT TURLARI
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.
3. DIQQAT TURLARI
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi.