University of business and science “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishi 22-mts-04 guruh 1-bosqich talabasi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/5
tarix04.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#124858
1   2   3   4   5
Diqqatni rivojlanishi

DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI

  • Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi.
  • Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.

DIQQAT TURLARI

  • Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
  • 1. Ixtiyorsiz diqqat;
  • 2. Ixtiyoriy diqqat;
  • 3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
  • Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin