2. Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan ro‘yxatdan o‘tkazish MChJ ning bankda hisobraqamlarini ochish. Mansabdor shaxslarning imzosi bankda tasdiqlash (2012 yil 01 avgustdan imzo namunalarini notarial tasdiqlash bekor qilindi) va bankda hisobvaraq ochish:
Bu uchun Siz o’zingizga eng ma’qul bo’lgan bankka depozit hisobraqam ochish to’g’risidagi maxsus shakldagi ariza (ariza shaklini bankning o’zida ham olish mumkin. Shuningdek, Siz ikki va uch hisob raqam ochish istagida bo’lsangiz har bir valyuta turi ko’rsatilgan ARIZA ni alohida taqdim etasiz) bilan murojaat qilishinigiz va quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz shart holos:
Belgilangan tartibdagi yuqorida qayd etilgan ARIZA;
Davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi MChJ guvohnomasi nusxasi;
Imzo va muhr namunalari tasdiqlangan varaqcha ikki asl nusxada (buni bankning vakolatli xodimi oldida rasmiylashtirasiz);
Ta’sis hujjatlari: ta’sis shartnomasi va ustav nusxasi (chet el investitsiyasi ishtirokidagi MChJ ta’sis hujjatlari nusxasi notarial tasdiqlanishi kerak);
MChJ ning pul hisob kitob hujjatlarini imzolashga vakolatli shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati, ushbu hujjatdan bankning o’zi nusxa oladi.
Direktor va bosh hisobchi (mikrofirmalarda direktorning o’zi. Yangi korxonalarning haqiqatdan ham mikrofirma bo’lish bo’lmasligiga bank xodimidagi shubhani tarqatish uchun, Sizda korxonangizning faoliyat boshlanishida mikrofirma bo’lishi, agar mikrofirma shartlariga mos kelmay qolsa ikkinchi imzoni boshqa xodimga yuklatishingiz to’g’risida kafolat xati berishingiz mumkin) tayinlash bo’yicha qaror va buyruqning asli;
Direktor va bosh hisobchi (mikrofirmalarda direktorning o’zi) ning pasporti;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 27 aprelda 1948 raqami bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob varaqlari to’g’risida”gi yo’riqnomaning’ 8 bandi, 6 xatboshisiga asosan kichik biznes subyektlaridan milliy valyutada hisobraqam ochish uchun bank tomonidan haq olinmaydi.
Tuman Davlat soliq inspeksiyasida ro’yxatga o’tish.Bankda hisob raqam ochilgandan so’ng MChJ rekvizitlari to’liq shakllangan hisoblanadi va u endi yuridik manziliga muvofiq tegishli tuman Davlat soliq inspeksiyasi (bundan buyon DSI) ga ro’yxatdan o’tishi zarur. Bu uchun MChJ ga Soliq kodeksining 80-moddasi 2 qismiga muvofiq u davlat ro’yxatiga olingandan so’ng 10 kun muddat beriladi. Ushbu muddatda MChJ DSI ga hisobga qo’yish to’g’risida ARIZA (08 shakl) berishi va unga davlat ro’yxatidan o’tgan guvohnomasi nusxasini taqdim etishi kerak. Odatda tuman DSI lari qo’shimcha ravishda Sizning MChJ ga ish jildi ochish uchun katta devonxona registr papkasi ham berishni so’raydi. Ushbu papka bilan birga ustav, ta’sis shartnomasi, guvohnoma, direktor va bosh hisobchining pasport nusxalarini taqdim etishingiz maqsadga muvofiq.
Shu o’rinda ko’pgina MChJ lar birmuncha qulay bo’lgan yagona soliq to’lovi tizimiga o’tishni istagan holda, u uchun ham ro’yxatdan o’tgandan so’ng 10 kun muddatda XABARNOMA berish zarurligini unutadilar. Yangi tashkil etilg’an MChJ ni yagona soliq to’lovi tizimiga o’tishi uchun MChJ ni DSI ga ro’yxatga qo’yish bilan birga belgilangan tartibdag’i XABARNOMANI taqdim ushbu muammoni birato’la hal etadi.
DSI bilan ishlashni operativligini ta’minlash, hisobot davrida ortiqcha qog’oz to’ldirish, navbatda turmaslikning eng to’g’ri yechimi tegishli DSI dan elektron kalit olishdir. Ushbu kalit Sizga hisobotlarni ishxonangizdan turgan holda topshirish imkoniyatini beradi. Keyinchalik ushbu kalitdan statistika hisobotlari va xalq bank reestrlarini internet orqali jo’natish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Bu uchun siz ushbu ARIZA ni to’ldirishingiz va DSI bergan bank hisob varag’iga eng kam ishhaqining 10% miqdorida haq to’lashingiz lozim. Pul to’langan kunning o’zida DSI vakillari Sizga ushbu elektron kalitni taqdim etadi. Ariza, to’lov topshiroqnomasi nusxasini taqdim etsangiz sizning fleshkangizga elektron kalit yozib beriladi.
Statistika bo’limida elektron hisobot topshirish uchun ro’yxatdano’tish. Siz davlat ro’yxatidan o’tgan vaqtda ro’yxatga oluvchi statistika organlariga Siz haqingizda ma’lumot beradi. Siz statistika hisobotini topshirishni yengillashtirish maqsadida elektron hisobot topshirish uchun mazkur ARIZA ni taqdim etg’an holda ro’yxatdan o’tishingiz zarur.
Xalq bankidan ro’yxatdan o’tish.Sizda Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya fondiga (INPS) to’lov majburiyatlari bor. Tegishli Xalq bankida ro’yxatdan o’tish uchun xat, guvohnoma va xodimlar ro’yxatini, pasport va INPS kitobchasi nusxalarini taqdim etishingiz lozim. Hisobotlarni Internet orqali topshirish uchun quyidagi ARIZA ni topshirib, login va parol olish imkoniyatiga egasiz. Login odatda sizning STIR (INN) raqamingiz.