3. mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, ularni kreditlash va soliqqa tortishdagi imtiyozlar


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi



Yüklə 459,37 Kb.
səhifə5/6
tarix19.02.2023
ölçüsü459,37 Kb.
#84925
1   2   3   4   5   6
4 Kichik biznes ma\'ruza matni

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan litsenziya talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lishi talab etiladi. Ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ham faoliyatning ayrim turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug’ullanishi mumkin. Litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222- 11-son qaroriga 1-ilovada belgilab o’tilgan. Ushbu hujjatga muvofiq, quyidagi faoliyat turlari faqat litsenziya olish orqali amalga oshiriladi1:

  • Qurol-yarog’ va uning o’q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.

  • Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo’llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.

  • Jangovar zaharlovchi moddalardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.

  • Bo’shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo’q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko’mib tashlash) va qayta ishlash.

  • Ov va sportga mo’ljallangan o’qotar qurolni hamda uning o’q-dorilarini, shuningdek tig’li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.

  • Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish.

  • Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo’linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko’rsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.

  • Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko’rsatish, ularni tashish hamda zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko’mib tashlash.

  • Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash.

  • ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish.

  • Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.

  • Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stantsiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish.

  • Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo’q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o’quv maqsadlarida, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish.

  • Tarkibida giyohvand moddalari bo’lgan o’simliklarni yetishtirish.

  • Veterinariya faoliyati.

  • Tibbiy faoliyat.

  • Farmatsevtika faoliyati.

  • Ko’priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.

  • Mudofaa ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.

  • Xavfi yuqori bo’lgan ob’yektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.

  • Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.

  • Qurilish loyihalarining ekspertizasini o’tkazish.

  • Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.

  • Mahalliy va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha temir yo’l translortida yo’lovchilarni hamda yuklarni tashish.

  • Mahalliy va xalqaro havo yo’nalishlari bo’yicha yo’lovchilarni hamda yuklarni tashish.

  • Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat ko’rsatish faoliyati.

  • Aviatsiya ishlarini bajarish.

  • Avtomobil transportida yo’lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish.

  • Yo’lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish.

  • Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Ko’chma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (o’zatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish.

  • Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.

  • Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.

  • Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg’isi, aviakerosin, mazut, lechka qoramoyi, neftbitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno.

  • Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.

  • Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash.

  • Bank faoliyati.

  • Banklar tomonidan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish.

  • Qimmatli qog’ozlar blankalarini ishlab chiqarish Qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat Baholash faoliyati.

  • Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati.

  • Auditorlik faoliyati.

  • Garovxonalar faoliyati.

  • Kredit uyushmalari faoliyati.

  • Lotereyalar Advokatlik faoliyati Bojxona ombori ta’sis etish.

  • Bojsiz savdo do’konini ta’sis etish.

  • Bojxona rejimida omborxona ta’sis etish — «erkin omborxona».

  • O’lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatg’a berish.

  • Geodeziya va kartografiya faoliyati.

  • Tarkibida qimmatbaho va rangli metallar, qimmatbaho toshlar bo’lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.

  • Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari o’tkazish.

  • Noshirlik faoliyati.

  • Nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyati.

  • Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati.

  • Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish.

  • Fonogrammalarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish.

  • To’y, yubiley va boshqa tantanalarda kontsert xizmati ko’rsatish.

  • Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish Birja faoliyati.

  • Turizm faoliyati.

  • Ulgurji savdo Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.

  • Mikrokredit tashkilotlari faoliyati Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish va utilizatsiya qilish.

  • Rieltorlik faoliyati.

Odatda tadbirkorlik subyektlaridan litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish so’raladi:

  • o’rnatilgan tartibda yozilgan ariza;

  • guvohnomani notarial tasdiqlangan nusxasi;

  • nizom fondi shakllanganligi haqidagi hujjatlar nusxasi;

  • litsenziya uchun to’langan to’lovlar hujjati.

Bugungi kunga kelib, litsenziyalash tartib-qoidalarini soddalashtirish va yengillashtirish, mazkur tartib-qoidalar samaradorligini oshirish maqsadida takomillashtirilishi talab etiladigan boshqa bir qator qoidalar belgilan. Masalan, qonunga muvofiq, endilikda litsenziya olish jarayonidagi moliyaviy yukni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun yanada ko’proq qulayliklar yaratish maqsadida litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli litsenziyalovchi organga topshirishi lozim bo’lgan yuridik shaxsning davlat ruyxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning hamda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari o’rniga ularning faqat nusxalari topshiriladi. Bunday tartib Armaniston, Ukraina va Moldova davlatlarining qonunchilik tajribasida borligini ko’rish mumkin.

Yüklə 459,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin