Dizel yoqilg’isini gidrotozalash
Reja:
Texnologik jarayonning asosiy maqsadi
Texnologik jarayonning tavsifi
Tayanch so`z va iboralar
Neft, gazkondensati, neftni qayta ishlash jarayoni, neft kimyosi, standart, kondensat, yillik quvvat, mazut, benzin, aviakerosin, dizel yoqilg`isi.
Jarayon qo’zg’almas qatlamli alyumokobaltmolibdenli katalizatorlar ishtirokida o’tkaziladi. Xom-ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi. Aralashma 6 va 4- issiqlik almashgichlarda isitilgandan so’ng 2- quvurli pechga 380-425 0C haroratgacha qizdirilib 3- reaktorga beriladi. Aralashmani reaaktorga kirishdagi va chiiqishdagi haroratni farqi 10 0C dan oshmasligi kerak. Reakstiya mahsulotlari reaktordan chiqib 4,5 va 6-issiqlik almashgich va barqarorlashtirish kolonnasi xom-ashyosiga berib, 160 0C gacha soviydi.
Gaz mahsuloti aralashmasi 7-havoli sovutgich va 8-suvli sovutgichda 38 0C gacha sovutiladi. Beqaror gidrogenizat yuqori bosimli 9-separatorda stirkulyastiyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat separator pastidan chiqarilib 10- issiqlik almashtirgichda 240 0C gacha isitilib, keyin 5-issiqlik almashgichdan o’tib 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi.
Ayrim qurilmalarda gaz mahsuloti aralashmalari uchun yuqori temperaturali separastiyalash o’tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210-230 0C haroratda, yuqori bosimda qizdiruvchi qizdiruvchi separatorda ajratiladi, ya’ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi.
Sirkulyastiyalanuvchi vodorod saqlagan gaz 18- absorberda H2Sdan MEAning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi.
Suv bug’i 11- kolonnaning pastki qismidan kiritiladi. Benzin bug’lari, gaz va suv bug’lari 1350C harorat atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutgich 12-ga tushadi, so’ngra 13- separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11-kolonna yuqorisiga sug’orish sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari esa 2- absorberda H2Sdan tozalanadi.
Gidrotozalangan mahsulot 11- kolonna pastidan chiqariladi va 10- issiqlik almashtirgichda, 14- havoli sovutgichda sovutilib, 50 0C haroratda qurilmadan chiqariladi. Qurilmada katalizatorni regenerastiya qilish uchun 400-550 0C va 2 MPa bosimda toblantiriladi, so’ngra tizim orqali inert gaz o’tkaziladi.
Rasm 12. Dizel yoqilg’isini gidrotozalash qurilmasi texnologik sxemasi: 1,5,19,21- nasoslar; 2- quvurli pech; 3- reaktor; 4,5,6,10- issiqlik almashtirgich; 7,12,14- havoli sovutgichlar; 9,13,17,20- separatorlar; 16- kompressor; 11- barqarorlashtiruvchi kolonna; 18,22- absorberlar.
Dostları ilə paylaş: |