Katalizatorlar. Katalizatorlarni faollashtirish uchun, reaktorni apparatga xom-ashyoni uzatishdan oldin, uni sulfidlash kerak. Agar katalizator sulfidlanmasa, unda qurilmani tarkibida metall bo’lgan katalizator bilan ishlagan etkaziladigan xom-ashyoning krekingiga, katalizator yuzasida koksning to’planishiga va katalizator faolligini pasayishiga olib keladi.
Sulfidlantiruvchi reagent sifatida DMDS- dimetildisulfid xizmat qiladi. Oksidlar shaklidagi katalitik metallar tegishli sufidlarni hosil qiladi va reakstiyaga kirishadi.
DMDSning parchalanishi, H2Sning absorbstiyasi ekzotermik jarayon hisoblanadi, shuning uchun sulfidlash jarayonida harorat kamgina ko’tariladi.
Metall oksidining tiklanishi, aglemeratlar hosil bo’lishiga olib keladi, bu metalning qizishi natijasida oshiriladi va shu tariqa metalning faol yuzasi kamayadi. Katalizatorlarni dastlabki tiklash jarayonida solishtirma hajmning muqarrar o’zgarishi sababli, katalizator donalarida bosimning mahalliy kuchlanishining yig’ilishi va ortishi, katalizator sulfidlanishi va bunda material hajmining ortishi kuzatiladi. Bunday qisilish va kengayish katalizatorning mexanik turg’unligiga ta’sir ko’rsatadi.