Gidrotozalash kimyosi. Katalitik gidrotozalash (vodorod bosimi ostidagi jarayon) neft mahsulotlarini sifatini yaxshilash va barqarorligini oshirish uchun qo’llaniladi. Gidrotozalash natijasida mahsulotning kokslanishi kamayadi, uning yorqinlashuvi sodir bo’ladi. Jarayonni me’yorida gidrogenizastiyalash reakstiyasiga asoslanadi, buning natijasida S, N2 va O2 ning organik birikmalari, H2S, NH3, H2O ni ajratib, uglevodorodga aylanadi, olefinlar va aromatik uglevodorodlar esa qo’shbog’lar joyida to’yinadi. Gidrotozalashning asosiy reakstiyasi S organik birikmalarni destruktiv gidrirlash hisoblanadi, bunda S- S bog’lanish uziladi va vodorod hosil bo’ladigan bog’larda qo’shiladi.
1.Merkaptanlar darhol CnH2n+2 uglevodorodlari va H2Sga aylanadi.
2.Sulfidlar va disulfidlar merkaptanlarning hosil bo’lishi orqali gidrirlanadi.
3.Boshqa geteroatomli birikmalarning gidrirlanishi quyidagi reakstiyalar bo’yicha boradi:
4.Azot birikmalari
5.Kislorodli birikmalar
6.Olefinlar va aromatik birikmalar
Asosiy reakstiyalar bilan bir vaqtda gidrotozalash jarayonida gidrokreking reakstiyalari oqib o’tishi mumkin-yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi, alkanlar va stikloalkanlar izomerizastiyasi va boshqalar:
Bu yonaki reakstiyalar engil frakstiyalarining olinishiga va vodorodning sarflanishiga, natijada maqsadli mahsulot chiqishining pasayishiga va vodorod porstial bosimining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun gidrotozalash sharoitlari shunday tanlanadiki, oltingugurtli, kislorodli va azotli birikmalarning destruktiv gidrirlanishi reakstiyalarini rivojlantirish ustunligi ta’minlanadi.
Gidrotozalash jarayonlari uchun ko’pincha, asosan gidrirlash vobiliyati yaxshi va krekinglash faolligi kam bo’lgan alyumokobaltmolibdenli, alyumonikeltmolibdenli yoki aralash katalizatorlar qo’llaniladi. Neft frakstiyalarida mavjud metalloorganik birikmalar, faol katalizator ustida, uning to’planishi katalizatorning normal ishini buzadi, ozod metall ajratgan holda, jarayon sharoitlarida parchalanadi. Gidrotozalash metalorganik birikmalarning ko’proq qismini (75-95%) yo’q qilish imkonini beradi.
Qatalizatorning aktivligiga bog’liq holda va xom-ashyoning imkoniyati jarayonini keng chegarada amalga oshiradi. T=250-4500S, R=2,58 MPa, xom-ashyoning uzatish hajmiy tezligi 0,5-1,0 soat-1, vodorod saqlagan gazning karraligi 360-600 m3/m3.