Dizel yoqilg’isini gidrotozalash Reja


Jarayonning asosiy omillari



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü29,37 Kb.
#195387
1   2   3   4
Dizel yoqilg

Jarayonning asosiy omillari.
1.Harorat. Harorat oshganda Sdan tozalash darajasi ortib boradi. Shu bilan bir vaqtda haroratning ko’p miqdorda oshganida gidrokreking reakstiyalari, gazlar, engil mahsulotlar ko’payishi bilan o’tadi, bu hol katalizatorning tez kokslanishiga olib keladi.
2.Bosim. Reaktorda vodorod porstial bosimining oshishi bilan Sdan tozalash darajasi ortadi. Bunda katalizatorning kokslanishi kamayadi, so’nggi uglevodorodlarning to’yintirish reakstiyalari va aromatik uglevodorodlarning gidrogenizastiyasi tezlashadi.
3.Xom-ashyoni etkazish hajmiy tezligi. Bu qiymat o’zidan, bir soatda etkaziladigan suyuq xom-ashyoning uzatish zichligi bo’yicha hisoblangan katalizator hajmiga nisbatini bildiradi. Xom-ashyo hajmiy tezligining oshishi natijasida katalizator bilan muloqot davomiyligi kamayadi, Sdan tozalash chuqurligi pasayadi, vodorod sarfi pasayadi va katalizatorni kokslanish darajasi oshadi.
4.Tarkibida vodorod saqlagan gaz aylanma harakatining karraligi.Gidrotozalash jarayoni vodorodning keragidan ortiq miqdorida amalga oshiriladi. Tarkibida vodorod saqlagan gaz aylanma harakatining optimal karraligi mavjud, u quyidagini tashkil etadi: 1 m3 suyuq xom-ashyoga 45-60 m3 aylanma harakatdagi VSG. Optimal qiymatdan past karralikda molekulyar vodorodning etarli bo’lmagan miqdori hisobiga lotingugurtdan tozalash darajasi pasayadi. Aylanma harakat karraligining optimal qiymatdan oshganida, uning katalizator bilan muloqoti davomiyligining kamayishi hisobiga, desulfidlash darajasi pasayadi.
5.Aylanma harakatdagi gazning tozaligi. Aylanma harakatdagi gazda vodorod konstentrastiyasining pasayganida, vodorodning porstial bosimi pasayadi, binobarin xom-ashyoni oltingugurtdan tozalash darajasi pasayadi va katalizatorning kokslanish tezligi oshadi. Aylanma harakatdagi gazda vodorod sulfid miqdorining oshishi bilan gidrotozalash samaradorligi pasayadi.
6.Gidrotozalashning issiqlik effekti. Oltingugurtli va boshqa geteroatomli birikmalarni gidrirlash reakstiyalari issiqlik ajralishi bilan kechadi (ekzotermik), shuning uchun jarayonni imkon qadar past haroratda o’tkazish kerak. Xom-ashyoda S qanchalik ko’p bo’lsa, gidrosulfidlash ekzotermik reakstiyalarining ajraladigan issiqlik miqdori shunga ko’p bo’ladi.

Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin