haqidagi qarashlarini qattiq tanqid qilib va
o’zining chuqur psixologiyasiga
ya’ni analitik psixologiyaga asos solgan edi. Yung ham Freyd kabi inson
harakatlari asosini ongsizliklik sohasidan qidirgan edi. Lekin undagi ongsizlik
individual emas, balki jamoaviy (ommaviy) ongsizlikdir.
Individual ongsizlik
avvalrok ongli bo’lgan, keyin unutilgani yoki bostirib qo’yilgani uchun o’z
ongliligini yo’qotgan shaxsiy tajribalardan tashqi l topadi. Jamoaviy ongsizlik esa -
bu barcha irq va xalqlarga tegishli umuminsoniy tajribalarning o’ziga xos
to’plamidir. U insoniyatning o’tmishi, shuningdek, insonga qadar bo’lgan
hayvoniy o’tmishiga tegishli holatlarning inson xotirasidagi izlaridir. SHu
ma’noda, Yungning fikriga ko’ra, jamoaviy ongsizlik Fayritabiiy va Fayri
shaxsiydir. Bizningcha, "jamoaviy ongsizlik" haqidagi bu nuqtai nazar
tabiatshunoslik fanlarida shakllangan "noosfera" haqidagi kontseptsiya bilan
uyg’unga o’xshaydi.
Dostları ilə paylaş: |