"Arxetip" yunoncha so’z bo’lib, u ikki suzning - "arxe" (asos, boshlanish) va
"topos" (obraz) so’zlarining birikishidan kelib chiqqan.
Platon ta’limotida bu tushuncha dunyodagi barcha moddiy narsalar,
umuman, butun olam kelib chiqishidan oldin ularning ruhiy olamda mavjud
bo’lgan dastlabki g’oyaviy obrazlari (proobrazlari) ma’nosini anglatar edi.
Karl Gustav Yung arxetiplarni asosan quyidagi nomlar bilan farqlaydi:
"Persona", "Soya" (ko’lanka), Trikster, Mandala ("o’zlik"), Anima va
Animus. Bularning barchasi simvolik ma’noga ega
.
Xususan,
"Persona"
- individning "soxta men"i va "asl men"i ya’ni insonning
uzi va haqidagi burttirilgan va xakikiy holatiga (haqiqiy basharasiga) oid
fikrlari majmui. "Persona" -o’ziga xos niqob bo’lib, individ undan jamiyat
talabiga moslashish uchun foydalanadi. "Persona" individ va jamiyat o’rtasiga
kelishuv, individual va ijtimoiy ong orasidagi murakkab, tizimlar munosabatidir.
Dostları ilə paylaş: |