1-jadval
|
O5
|
V0
|
A0
|
G’0
|
G0
|
K0
|
M0
|
L
|
T
|
Te
|
40 000
|
28 000
|
9900
|
7400
|
6030
|
4900
|
3480
|
1700
|
1300
|
V-U
|
-0.33
|
-0.31
|
0.00
|
0.27
|
0.57
|
0.89
|
1.45
|
(3)
|
(5)
|
v) Gertsshprung-Rassel diagrammasi
XX asr boshlarigacha bir necha yuz yulduzni uzoqligi (yillik parallaksi) o’lchanadi va absolyut kattaligi (M) hisoblab topiladi. Shu paytga kelib ularning spektral sinflari ham aniqlanadi. 1905 – 1913 yillarda daniyalik E. Gertsshprung (1873-1967) va amerikalik G.N. Rassel (1877-1957) bir biriga bog’liq bo’lmagan holda yulduzlar diagrammasini tuzadilar. Ular ordinata o’qi bo’ylab yulduzlarni absolyut kattaliklari abtsissa o’qi bo’ylab esa spektral sinflarini qo’yadilar. Bunday diagrammada har bir yulduz bitta nuqta sifatida o’rin egallaydi. “Gertsshprung-Rassel diagramma” si nomi bilan fanga kirgan, bu diagramma 2-rasmda tasvirlangan5.
Diagrammada yulduzlar ma’lum tartibda joylashadilar. Ko’pchilik (90 %) yulduzlar diagrammani yuqori chap tomonidan boshlanib o’ng past tomoniga cho’zilgan ingichka sohada joylashadilar. Bu yulduzlarni bosh ketma-ketligi deyiladi. Diagrammani o’rtasidan biroz chaproq va yuqoriroqda bir to’da yulduzlar o’rin egallaydilar. Ular gigant yulduzlar deb ataladi, chunki ular bosh ketma-ketlikdagi shunday spektral sinfdagi karlik (xira) yulduzlardan yuzlab marta yorqindirlar va bu ularning radiusi o’nlab martta kattaligi bilan bog’liq. Diagrammani yuqori qismidan yana ham katta (104 marta) yorqinlikka ega yulduzlar o’rin oladilar. Bunday yulduzlar o’ta gigant deb ataladi va ular kamchilikni tashkil etadi.
2-rasm. Gershprung-Rassel diagrammasi va ayrim yulduzlar guruhlarining fazoviy xarakat tezliklari
Diagrammani pastki chap yarim qismida qaynoq biroq shunday temperturadagi bosh ketma-ketlik yulduzlaridan yuzlab minglab marta kam yorqinlikka ega yulduzlar joylashadilar. Bu yulduzlar bosh ketma-ketlik yulduzlaridan o’nlab marta kichik bo’lganliklari uchun oq mittilar deb atalaganlar.
Karlik yulduzlar spektral sinfi oldiga kichik d (dwarf), subkarliklar- sd, gigantlar-g, o’ta gigantlar-sg yoki xarf qo’yib belgilanganlar. Masalan, sA yoki sgA-A sinfga mansub o’tagigant, gG-G sinfga kiruvchi gigant, sdM-M sinfga kiruvchi sub karlik, dG-G sinfga kiruvchi bosh ketma-ketlik yulduzi va wA-A sinfga kiruvchi oq mittilar. Bunday ajratishda spektral chiziqlarni kengligi va intensivligi asos qilib olingan. Bu belgilar oldin chiqqan jadvallar va kitoblarda uchraydi. Xozirgi zamonda ular qo’llanilmaydi. Ular o’rnida rim raqamlari I, II, III, IV, V, VI, VII bilan ifodalanadigan yorqinlik sinflari qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |