3-mavzu: koinotda yulduzlarning paydo bo’lishi va evolyusiyasi. Neytron yulduzlar va pulsarlar. O’TA



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə8/13
tarix30.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#54421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-mavzu ZFvaA.

b) O’tayangi( SN) yulduzlar. o’tayangi (SN) chaqnashi natijasida ajralib chiqadigan energiya butun bir galaktika sochayotgan energiyaga yaqin bo’ladi. 1885 yilda Andromeda tumanligida kuzatilgan N5 6m yulduziy kattalikka ega bo’lgan. Solishtirish uchun Andromeda tumanligi yig’ma yorug’ligi 4.4m. Masimumda SN larni absolyut kattaligi o’rtacha MVq-15m, ya’ni yangilarnikidan 7m birlikka yuqori. Ayrim o’ta yangilar maksimumda MVq-20m ga etadi bu Quyoshnikidan 10 mlrd. marta ortiq demakdir. Bizning Galaktikada oxiri 1000 yil ichida uch marta (1054 y. da Savrda, 1572 y. da Kassiopeyada, 1604 y. da Iloneltuvchida) SN chaqnagan. 1670 yilda Kasseopeyada chaqnagan o’ta yangi tasodifan qayd qilinmagan. Hozir bu yulduz atrofida gaz tumanlik kuzatiladi va kuchli radionurlanish (Cas A) sochiladi8.



4-rasm. SN I(a) va SN II(b) turdagi o’ta yangilarni yorug’ligini o’zgarish chizig’i.
Boshqa galaktikalarda ko’plab SN kuzatilgan. o’rtacha har bir galaktikada 200 yilda bitta SN chaqnaydi. 1957-61 yillarda o’tkazilgan maxsus xalqaro patrul natijasida 42 o’tayangi kashf etildi. Hozirgacha o’ta yangilar soni 500 dan oshdi.

Yorug’ligini o’zgarish egrisiga ko’ra SN larni ikki turga bo’lish mumkin: SN I va SN II. SN I-maksimumi tez (bir havta) o’tadi va undan keyingi 25 kun ichida yorug’ligi kuniga 0.1m dan kamaya boradi. Shundan keyin yorug’ligini pasayishi sekinlashadi (4 rasm) va shu tarzda to yulduz qayd qilib bo’lmaydigan darajagacha xiralashguncha bir xil surat kuniga (0.014m dan) bilan so’nadi. SN ni yorug’ligi eksponentsial tarzda 55 kunda ikki marta kamaya boradi. Savr yulduz turkumida 1054 yilda chaqnagan yulduz maksimumida mVq-5m kattalikka etgan va bir oy davomida kunduzi ko’ringan, u kechasi 2 yil davomida teleskopsiz oddiy ko’zga ko’rinib turgan. SN I maksimumda MPgq-19m, yorug’ligini o’zgarish amplitudasi Aq-20m.

SN II-ning yorqinligi pastroq: maksimumda MPgq-17m, (A-noma’lum) va shu darajada bir necha vaqt (20 kun) turadi. Undan 100 kun keyin har 20 kunda 1m birlikka kamaya boradi (4 rasmda b). SN lar galaktika tekisligi chegaralari yaqinida kuzatiladi. SN I-ixtiyoriy shakldagi galaktikalarda, SN II-faqat spiral galaktikalarda kuzatiladi.

SN I spektri yangilarnikidan butunlay farq qiladi. Spektridagi keng emission tasmalar hech bir element atomi chiziqlarga mos kelmagandan bu tasmalar chiziq emas balki tutash spektr sohalaridir. Ularni ajratib turuvchi qora sohalar kengaygan va siljigan yutilish chiziqlari degan xulosaga kelindi (E.R. Mustel, Yu.P. Pskovskiy, Rossiya). Bu qora tasmalarni tekshirish natijasida SN I paytida yulduzdan massasi 0.3 m bo’lgan qobug’ ajraladi va 15 000 kmG’s tezlik bilan kengaya boshlaydi. Tezliklar keng oraliqni egallaydi. Qobug’ bo’laklarga ajralib ketgan. SN II-spektri oddiy yangi yulduzlar spektriga o’xshash: qisqa to’lqinli tomoniga yutilish chizig’i yopishib turgan keng emission tasmalardan iborat. Vodorod chiziqlari intensiv. SN I-vodorodi yonib tugagan yulduzlardir. SN II-esa yosh yulduzlardir9.

SN chaqnashi natijasida chaqnagan yulduz atrofida gaz tumanlik hosil bo’ladi. SN 1054 -o’rnida Qisqichbaqasimon tumanlik sifatida ko’rinadi. SN 1054 va SN 1572 (Kassiopeya) o’rnida hozirgi kunda kuchli radionurlanish manbalari (Tau A va Cas A) joylashgan.



5-rasm. Qisqichbaqasimon tumanlik va uning ichida kuzatiladigan pulsarning intensivligini o’zgarish chizig’i.

Qisqichbaqasimon tumanlik 16m kattalikdagi ichida qo’shaloq yulduz joylashgan. Yulduzlarni bari quyi spektral sinfga mansub ikkinchisi esa juda qaynoq, kuchli ultrabinafsha rang ortiqlikka ega yulduz. Bu yulduz radio va rentgen diapozonlarda impulslar tariqasida nurlanish sochadi. Impulslar oralig’i –davri 0.033 sek. Bu neytron yulduz bo’lib o’q atrofida tez aylanishi (sekundiga 33 marta) natijasida pulsar sifatida ko’rinadi. NP 0532 raqam bilan ro’yxatga olingan bu pulsarni davri sistematik ravishda ortib bormoqda (aylanish tezligi kamaymoqda): 2500 yilda 2.7 marta. Bunday sekinlashuv energiyani 1038 ergG’s ga kamayishini ko’rsatadi. (Rasm-5).




Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin