Jadvalning “Qo‘shimcha ma’lumotlar” bo‘limiga alohida e’tibor beri-lishi
talab etiladi. Ushbu bo‘lim mijozning haqiqiy psixologik tavsif-larini to‘plashga
xizmat qiladi.
Psixologik
maslahat
sohasida
tadqiqotchilar
maslahat
jarayonini
bosqichlarning bir-biri bilan tartibli ravishda almashinuvi tarzida tasavvur
qilishadi.
Yu.Ye.Aleshina maslahat bosqichlarini to‘rt bosqichga bo‘ladi:
1)
Mijoz bilan tanishuv;
2)
Mijoz bilan surishtiruv ishlarini olib borish,
maslahat taxmin-larini
izohlash va tekshirib ko‘rish;
3)
Korreksiyali o‘zaro ta’sir ko‘rsatish;
4)
Suhbatning tugallanishi.
V.Yu.Kenovщikov o‘zining “Psixologik maslahatga kirish” risolasida
maslahat bosqichlari psixologik maslahatning asosiy usuli-intervyu jarayonlari
bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatgan.
Intervyu-ingliz tilidan interview- suhbat, uchrashuv ma’nosini bildiradi.
Ushbu so‘z ko‘p ma’nolidir. Og‘zaki so‘rov yordamida ijtimoiy-psixologik
ma’lumotlarni olish bo‘yicha psixologik amaliyotda qo‘llani-lishi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Intervyu jarayonlari quyidagilardan iborat:
1)
Aloqani o‘rnatish;
2)
Ma’lumotlarni olish (Muammo nimadan iborat?);
3)
Kutilayotgan natijani anglash (Aynan nimani o‘zi hohlaysiz?);
4)
Alternativ qarorlarni ishlab chiqish (Ushbu holat bo‘yicha
yana nima
qilishi mumkin?);
5)
Natijalarni umumlashtirish.
R.S.Nemov psixologik maslahatning quyidagi bosqichlarini tavsiya etadi:
1.
Tayyorgarlik bosqichi-20-30 daqiqa. Bu bosqichda maslahatchi mijozning
hujjatlarini o‘rganadi, muammo yechimiga doir adabiyotlarni tanlaydi va maslahat
o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi.
2.
Taraddud bosqichi-5-7 daqiqa. Mijozni kutib olish, aloqani o‘rnatish.
3.
Tashxis bosqichi-60 daqiqa. (boshqa holatlarda 4-6-8 soat ham bo‘lishi
mumkin). Mijoz shaxsini tashxis qilish, muammo yechimiga qaratilgan ichki
imkoniyatlar.
4.
Tavsiyali bosqich. Ushbu bosqichda olingan ma’lumotlar asosida
muammo yechimining yo‘nalishlari yuzaga keladi.
Konsultant bilan mijoz
hamkorligida ushbu yo‘nalishlar izlanish ishlarini amalga oshirish-ga 40-60 daqiqa
vaqt ketadi.
5.
Nazorat bosqichi- 20-30 daqiqa. Yo‘nalishlarni amalga oshirilishiga
qaratilgan nazorat yo‘llarini topish maqsadida psixolog maslahatchi bilan mijoz
o‘zaro kelishishadi.
Shunday qilib, uchrashuvning umumiy vaqti ikki-uch soatdan o‘n-o‘n ikki
soatgacha bo‘dgan oralig‘ni tashkil etadi.
Yuqorida e’tirof etilgan tuzilmalar uyg‘unligida psixologik masla-hat
quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1.
Birinchi bosqich. Ishning boshlanishi. Ushbu
bosqich tarkibiga mijozni
kutib olish, tanishish aloqasini o‘rnatish kabi komponentlar kiradi.
2.
Ikkinchi bosqich. Ma’lumotlarni to‘plash. Mazkur bosqichning maq-sadi
mijozning shaxsiga tashxis qo‘yish (suhbat, kuzatuv, testlar), mijoz-ning resursini
aniqlash, muammo mohiyatini aniqlash.
3.
Uchinchi bosqich. Strategiyali: muammoning yechimi imkoniyatlarini
aniqlash, harakat rejasini muvofiqlashtirish, belgilangan rejani amalga oshirish
yo‘llarini aniqlash.
4.
To‘rtinchi bosqich. Rejaning mijoz tomonidan amalga oshirilishi. Rejani
bajarilishi mijoz tomonidan mutaxassisning ishtirokisiz
musta-qil amalga
oshiriladi.
Har bir maslahatning bosqichi uchun tegishli jarayonlar taalluqlidir, ularning
qo‘llanilishi psixologik maslahatda yuqori natijalar olishga omil hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda mutaxassis ham odam. Z.Freydning fikricha, har
qanday ma’lumotli odam psixoterapevt bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan “har
qanday” iborasi shubhasiz qarama-qarshi qarashlarni yuzaga keltiradi, ammo
ushbu fikr asosiy g‘oyasining o‘zi qiziqarlidir. Agar hozir siz muto-alaga bir oz tin
berib, xayollar og‘ushiga ketsangiz, sizning yoki yaqinlarin-giz hayoti davomidagi
ba’zi lavhalarda bir suxan so‘zi, nazari yoki sukut saqlash ishtiroki bilan murakkab
holatlarni yengishda yordam bergan kerakli odam eslanadi. Xo‘sh, bunday ajoyib
“kerakli odam” qanday xususiyatlarga ega bo‘lgan?
Vazifa. Savolga javob bering.
1.Uning davrasida psixologik o‘ng‘aylikni
his qiladigan odam qanaqa
shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘ladi?
2.O‘zingiz qanaqa shaxsiy xususiyatlarga egasiz?
3.Qanaqa mashqlar, sizning fikringizcha, ushbu xususiyatlarni rivoj-
lantiradi?
Maslahat berish sohasidagi maslahat jarayonining samaradorligi uchun
zarur bo‘lgan mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga ta’rif berish bo‘yicha bir
necha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Natijada quyidagi ruyxat hosil bo‘lgan: empatiya,
hissiy yaqinlik, ijobiy munosabat (Karl Rodjers), sami-miylik (Rodjers K.,Trua),
yumor tuyg‘usi, turmushning ayanchli tuyg‘usi, aniqlilik, o‘z-o‘zini
anglash va
refleksiya.
Dostları ilə paylaş: