>> x= [ 5 4 -3] yoki >> x= [ 5, 4, -3] terilsa, x - vektor-qator deb qabul qilinib
x(1) =5, x(2)=4, x(3)= -3 bo’ladi.
>> u= [ 0 2 2 3; 5 -3 6 2 ] yoki u= [ 0 , 2 , 2 , 3; 5 , -3, 6 , 2 ]
u - (2x4) o’lchovli matrisa bo’ladi va u(1.1)=0, u(1.2)=2, u(1.3)=2, u(1.4)=3, u(2.1)=5, u(2.2)=3, u(2.3)= 6,
u(2.4)=2 bo’ladi. Matrisada (;) qatorlar orasini ajratish uchun kerak.
Matrisa elementlari ifoda bo’lishi mumkin:
Z= [sin(0) sqrt(4) 2^3+1 5/2 3^2]. (Elementlar probel bilan ajratiladi)
U xolda quyidagi vektor aniqlanadi:
Z= [0 4.000 9.000 2.500 9.000]
Berilgan matrisani kengaytirish orqali ham matrisa hosil qilish mumkin. Masalan, x = [x 1 2] deb olsak, x =
1
1
[5 4 -3 1 2] hosil bo’ladi.
Agar x(5)= 8 desak, avvalgi x vektor x= [5 4 -3 0 8] kabi kengaytiriladi, bundan ko’rinib turibdiki, x(4) ga
“0” qiymat berildi.
Matrisalarni faylli disklardan yuklab xam hosil qilsa bo’ladi. Buning uchun
load
buyrug’idan foydalaniladi. Agar buyruq parametri yozilmasa berilganlar MATLAB.mat nomli fayldan yuklanadi.
Yuklanayotgan berilganlar avvaldan tekstli(ASCII) formatida ham saqlab qo’yilgan bo’lishi mumkin. Aniq
o’zgaruvchilarni yuklash uchun
load x y z
buyrug’idan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |