2.2. MATLABda funksiyalar va sozlangan funksiyalar
Endi funksiya tushunchasini keltiramiz. Funksiya - o’zining argumentlari ustida
ma’lum bir shakl almashtirishlarni bajaruvchi va unda hosil qilingan natijalarni qaytarish
xususiyatiga ega bo’lgan noyob nomli obyektdir. Funksiyalar bir nechta argumentlarga
ega bo’lib bir emas, bir nechta natijani qaytaradigan bo’lsa quyidagicha yoziladi:
[y1,y2, …] = func (x1, x2, …),
bu erda x1, x2, …, y1,y2, … - mos ravishda kirish va chiqish parametrlari deyiladi.
MATLABdagi elementar funksiyalar ro’yxati bilan help elfun buyrug’i, maxsus
funksiyalar ro’yxati bilan esa help specfun buyrug’i orqali tanishish mumkin. Bu
funksiyalar MATLABdagi sozlangan ichki funksiyalarga kiradi, ya’ni ularga
argumentlari bilan murojaat qilib, qiymatlarini olishimiz mumkin.
MATLABda tashqi funksiyalar deb m-fayllarga aytiladi. Bunday funksiyalarni
berish uchun maxsus m-fayllarni taxlil qiluvchi redaktordan foydalaniladi.
MATLAB tizimida juda ko’p sozlangan va kengaytma paketlarda aniqlangan
funksiyalar bo’lsada, foydalanuvchi uchun yana qandaydir funksiyalar kerak bo’lib
qolishi mumkin. MATLABda ana shunday yangi funksiyalarni yaratishning bir nechta
imkoniyatlari bor. Shulardan bir inline funksiyasidan foydalanishdir. Bunda
foydalanuvchi o’zi uchun zarur ifodani inline funksiya argumentiga apostrof ichiga
yozishi kerak bo’ladi.
Misol. sin2x+cos2u ifodani qiymatlarini xisoblash kerak bo’lsin. MATLABda
quyidagicha amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: |