Matritsalar ustida amallar
Matritsalarni almashtirish amallari. MATLABda matritsalar ustida oddiy
arifmyetik amallardan tashqari maxsus amallar va almashtirishlar mavjud. Ulardan biri
matritsalarni transnponirlashdir. Biror A matritsani transponirlash deganda uni mos
qatorlarini ustunlar bilan almashtirish tushuniladi va u A' kabi belgilanadi.
Misol, A= [1 2 3
4 5 6] berilgan. Buni MATLABda A= [1 2 3; 4 5 6] ko’rinishda
kiritamiz. Dyemak bu (m*n) o’lchovli matritsaga o’tadi.
Bir nyechta matritsalarni birlashtirish uchun
V= cat ( A1, A2, ... )
buyruq ishlatiladi. Bu holda A1, A2, ..., matritsalar ko’rsatilgan o’lchov bo’yicha
birlashtiriladi:
cat (2, A, V) = [A, V]
cat (1, A, V) = [A; V]
MATLABda matritsalarni burish uchun fliplr (A), flipud (A) buyruqlaridan
foydalaniladi. fliplr (A) buyrug’i A matritsani chapdan o’ngga ustunlarini
almashtirish yo’nalishida buradi. flipud (A) esa A matritsani pastdan yuqoriga
qatorlarini almashtirish yo’nalishida buradi.
Dostları ilə paylaş: |