Misol. A quyidagicha bo’lsin:
A= [ 2 3
7 1
9 0]
U xolda fliplr (A) = [9 0; 7 1; 2 3] , ya’ni (A) = [9 0;
7 1;
2 3]
flipud (A) = [3 2 ; 1 7; 0 9], ya’ni (A) = [0 9 ;
1 7;
3 2] kabi bo’ladi.
Berilgan matrisani soat strelkasiga qarshi 900 ga buruvchi rot90(A) buyrug’idir.
Misol: B=[1 3 5
7 9 1
2 3 4];
rot 90(B)=[5 1 4 ; 3 9 3 ; 1 7 2]; ya’ni
rot 90(B)=[5 1 4;
3 9 3;
1 7 2]
Undan tashqari MATLABda maxsus ko’rinishdagi matrisalarni hosil qilish
imkoniyati bor. Ana shunday matrisalarni hosil qiluvchi buyruqlarni keltirib o’tamiz:
- eye (m,n) - asosiy diagonalda 1, qolgan elementlari 0 bo’lgan (m*n) matrisa hosil
qiladi;
- lincpase (a, b, [n]) - [a, b] - oraliqda tekis taqsimlangan n ta elementli matrisa, n
ko’rsatilmasa avtomatik tarzda 100 deb olinadi;
- ones (m, n) - elementlari faqat 1 dan iborat bo’lgan (m*n) matrisa;
- rand (m, n) - elementlari (0, 1) oraliqda tekis taqsimlangan tasodifiy miqdorlar
bo’lgan (m*n) matrisa;
- zeros (m, n) - (m*n) o’lchovli faqat nollardan tuzilgan matrisa;
- hilb (n) - n tartibli Gilbert matrisasi (Uning elementlari h (i,j)=1/(i+j-1));
- invhilb (n) - Gilbertning teskari matrisasi;
- magic (n) - qator bo’yicha elementlar yig’indisi ustunlar bo’yicha elementlar
yig’indisiga teng bo’lgan “sehrli” matrisa;
- size (A) - A matrisaning o’lchovi;
- length (A) - A vektor uzunligi (elementlar soni);
- ndims (A) - A matrisa o’lchovlari soni;
- isempty (A) - A matrisa bo’sh bo’lsa 1, aks xolda 0 qiymatni beradi;
- isequal (A, V) - A=V bo’lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi;
- isnumeric (A) - A matrisa sonli tipda bo’lsa 1 ni beradi, aks xolda “0” ni beradi;
Dostları ilə paylaş: |