2.4. Ma’lumotlarni MATLAB buyruqlari yordamida hosil qilish
MATLABda ma’lumotlarni uning buyruqlari yordamida bir necha usullarda hosil qilsa bo’ladi. Shulardan biri bo’lgan
(:) buyrug’i yordamida hosil qilinadigan malumotlarni misollarda ko’rib chiqamiz:
>>a= 1: 7
a=[1 2 3 4 5 6 7]
>> b= 0 : 0.3 : 1.2
b= [0 0.3 0.6 0.9 1.2]
Demak a o’zgaruvchida uzunligi 7ga, b da esa uzunligi 5ga teng bo’lgan vektor-qator hosil qilindi.
Mavjud matrisadan vektor hosil qilish uchun (:) buyrug’ini ishlatsa bo’ladi.
Agar: x= [ 2 5 7
4 -2 1
0 3 4 ]
bo’lsa, u= x (:, 1) natijasida
u= [ 2
4
0 ]
vektor-ustun va uu= x(:, 2) natijasida
uu= [ 5
-2
3 ]
vektor-ustun hosil qilinadi.
xx = x(1, :)
xx = [2 5 7]
qator-vektorni hosil qiladi. (:) buyrug’ini xy= x (:, 2:3) ko’rinishda xam ishlatish mumkin. Bu xolda 2-dan 3-ustungacha
bo’lgan barcha ustunlar va qatorlarning xammasi qatnashgan (3x2) o’lchovli matrisa hosil bo’ladi:
xy= [5 7; -2 1; 3 4].
yx= x(1:2, 2:3) buyrug’i esa elementlari 1- va 2-qatorlar bilan xamda ustunlari 2 va 3-ustunlar bilan aniqlangan (2*2)
o’lchovli quyidagi matrisani hosil qiladi:
Dostları ilə paylaş: |