yx= [ 5 7; -2 1 ].
2.5. Matrisalarni almashtirish amallari
MATLABda matrisalar ustida oddiy arifmetik amallardan tashqari maxsus
amallar va almashtirishlar mavjud. Ulardan biri matrisalarni transponirlashdir. Biror A
matrisani transponirlash deganda uni mos qatorlarini ustunlar bilan almashtirish
tushuniladi va u A' kabi belgilanadi. Masalan,
A= [ 1 2 3;
4 5 6 ]
A= [ 1 2 3; 4 5 6 ] bo’lsa, A'=[3 6; 2 5; 1 4] bo’lgan (3*2) o’lchovli
matrisaga teng bo’ladi A'=[3 6
2 5
1 4] .
Bir nechta matrisalarni birlashtirish uchun
V= cat ( A1, A2, ... )
buyruq ishlatiladi. Bu holda A1, A2, ..., matrisalar ko’rsatilgan o’lchov bo’yicha
birlashtiriladi:
cat (2, A, V) = [A, V]
cat (1, A, V) = [A; V]
MATLABda matrisalarni burish uchun fliplr(A), flipud(A) buyruqlaridan
foydalaniladi. fliplr (A) buyrug’i A matrisani chapdan o’ngga 180 gradusga
ustunlarini almashtirish yo’nalishida buradi. flipud (A) esa A matrisani pastdan
yuqoriga 180 gradusga qatorlarini almashtirish yo’nalishida buradi.
Dostları ilə paylaş: |