TEST SAVOLLARI
1. Bug‘doy aytar olaman,
To‘ylarga ko‘p yarashaman.
O‘qlovlarga yovoshaman,
To‘lmadingmi, qora daryo?
Ushbu to‘rtlik qaysi qo‘shiq turiga mansub?
O‘rim qo‘shiqlari
Yanchiq qo‘shiqlari
Sog‘im qo‘shiqlari
Charx qo‘shiqlari
2. Bosma tikkan botir qiz,
Jimalay tikkan chevar qiz.
Sanama tikkan sardor qiz,
Ilma tikkan ilgir qiz.
Ushbu qo‘shiq mazmunan qanday nomlanadi?
Yanchiq qo‘shig‘i
Charx qo‘shig‘i
Bo‘zchi qo‘shig‘i
Kashta qo‘shig‘i
3. Hunarmandchilik bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlarining nomlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
«Charx qo‘shiqlar», «bo‘zchi qo‘shiqlar», «kashta ko‘shiqlari»
«Qush qo‘hiqlari», «o‘rim qo‘shiqlari», «yorg‘ichoq qo‘shiqlar»
«Muhabbat qo‘shiqlari», «satirik qo‘shiqlar», termalar
«Tarixiy qo‘shiqlar», «hajviy qo‘shiqlar»
4. Suv kechgani eringan,
O‘g‘il tug‘ib kerilgan.
Qaynonasiga salom.
Ushbu parcha mazmuniga ko‘ra qanday nomlanadi?
Marsiya
Alla
Kelin salom
Lapar
5. O‘rog‘im chaqqon,
Sen menga yoqqan.
Qo‘lginam chaqqon,
Mehnatda boqqan.
Ushbu parcha mavzu mehnatiga ko‘ra qanday qo‘shiq turiga mansub?
tarixiy qo‘shiq
lirik qo‘shiq
o‘rim qo‘shig‘i
chorvachilik qo‘shig‘i
6. Quyidagi parcha mazmunan qaysi qo‘shiq turiga mansub?
Dostları ilə paylaş: |