xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Parallelizm o'zbek xalq qo'shiqlari uning tarkibiy qismi sifatida
Parallelizm o'zbek xalq qo'shiqlari uning tarkibiy qismi sifatida
Xalq qo'shiqlari-har bir joyning jug'rofiy tuzilishi,iqlimiga,urf-odatlariga,o'tkaziladigan marosimlariga monand tarzda o'sha yurtning turli yoshdagi vakillari tomonidan yaratiladi va ijro etiladi.Xalq qo'shiqlari juda qadimiy tarixga ega.Ular dastlab mehnat jarayonida paydo bo'lgan.Qo'shiqlarda xalqning orzu-umidlari,zavq-shavqi,quvonch va iztiroblari mujassamlashgan.Xalq qo'shiqlarida ko'pchilikning his-tuyg'ulari umumlashtilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi.Xalq qo'shiqlari kundalik hayotni bezovchi ko'ngil mulki deb ham aytiladi.Xalqlar o'z quvonchini,shodligini va g'am-hasratini aynan qo'shiqlarda namoyon etgan lirik qo'shiqlar,termalar,yillar davomida sayqallanib bizgacha yetib kelgan va hozir ham ijro etiladi.
"......kuy-qo'shiqqa san'atga muhabbat,musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi.Uyida dutor,doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan,musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak mubolag'a bo'lmaydi
Xalq qo'shiqlari turlari
xalq qo'shiqlarining turlari
Marosim qo'shiqlari Mehnat qo'shiqlari Bolalar qo'shiqlari
Bu qo'shiqda asosan boychechak ijobiy obraz hisoblanadi.U yoshlik va jo'shqinlik ramzidir.Bolalarning bahor faslidagi birinchi qo'shig'i.Qo'shiq matnidagi ''boychechakni tutdilar tut yog'ochga osdilar'' ma'nosiga e'tibor qilaylik.Ma'lumki tut daraxti mevasi sevib iste'mol qilinadi.Uning tanasidan taroq,bola uchun beshik yasashadi.Boychechak xalq orasida ramziy ahamiyatga ega bo'lib,unda chuqur ma'no bor.Boychechak xalq orasida mehnatkash inson ramzi sifatida ham ko'riladi ya'ni o'z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishgan inson nazarda tutiladi.