Boshqa grafik ob’yektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chirish ham mumkin. Uning o‘lchamlarini, nisbatlarini o‘zgartirish,
chegaralarini to‘g‘rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish ham mumkin.
Joriy qilingan diagrammaga o‘zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha
ko‘rsatkichining chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo‘ladi. Bunda
diagrammalar faollashib, MS Excel menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun
kerakli buyruqlarni ko‘rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi
shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga
joylashtirish mumkin.
Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi.
Agarda bir nechta diagramma tuzmoqchi bo‘lsangiz, unda har birini alohida
varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning
«ko‘rinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul ko‘rilgan
diagrammalarni tezda topish imkonini beradi, chunki bu holda diagramma
varag‘ining muqova yorlig‘iga mos nomlar berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: