3.2. Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimi Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB) deganda real dunyoning konkret
ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushunish mumkin. Lekin ma’lumotlar
hajmi oshib borishi bilan ularni tahlil qilish, umumlashtirish, qayta ishlash
masalalarini hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’yekt va
ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan hal qilinadi. Ob’yekt –
bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’yektlarga tegishli bir qator
ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘la oladi. Masalan, har bir institut yoki
fakultet – bu ob’yektlar bo‘lsa, ulardagi talabalar haqidagi ma’lumotlar to‘plami
MBga misol bo‘la oladi.
Har qanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi.
MBni loyihalovchining asosiy vazifasi ob’yektlar va ularni tavsiflovchi
parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatishdan iborat.
MBni yaratish jarayonida foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni
(tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qiladi. Bu ishlarni
ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash – bu ob’yektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishini
tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
1-misol: Strukturalanmagan ma’lumotlar. Shaxsiy ish N 45493; Hamrayev Karim Ermatovich; tug’ilgan sana 1979 yil 1
fevral; Shaxsiy ish N 45498; Boqiyev Dilmurod Rahmatullayevich; tug‘ilgan sana
1985 yil 5 dekabr; Shaxsiy ish N45595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug’ilgan
sana 1984 yil 15 may.
2-misol: Strukturalangan ma’lumotlar. Shaxsiy ish
№
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Tug’ilgan
sana
45493
Hamrayev
Karim
Ermatovich
01.02.79
45498
Boqiyev
Dilmurod
Rahmatullayevich
05.12.85
45595
Zokirov
Anvar
Rashidovich
15.05.84
Zamonaviy MB texnologiyasida MBni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va
foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy vositalar