10.
Qiymatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan maydon. Bu
maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo‘lgan ro‘yxatdan tanlangan
aniq bir qiymatni saqlaydi.
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv
orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon –
O’xshashi yoq maydon bo‘lishini ta’minlash kerak.
O’xshashi yoq maydon – bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar
bazasining bir qismini keltiramiz:
Maydon nomi
Maydon xususiyati
Maydon hajmi
Тalabaning bazadagi o‘rni
Hisoblagich maydoni
4 bayt
Тalabaning F.I.Sh.
Oddiy matnli maydon
255 belgi
Тalabaning tug‘ilgan joyi
Oddiy matnli maydon
255 belgi
Тalabaning tug’ilgan vaqti
Sana va vaqt maydoni
8 bayt
Тalabaning kursi
Qiymatlar ro‘yxatidan
iborat bo‘lgan maydon
Тalabaning rasmi
OLE nomi bilan
yuritiluvchi maydon
1 Gbayt
Тalaba
haqida qisqacha
ma’lumot
MEMO- katta o‘lchamli
maydon
65535 belgi
Avvalo ma’lumotlar bazasini yaratish bosqichlarini aniqlab olaylik. Bunda
quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Muammoning qo’yilishi. Bu bosqichda MBni yaratish uchun masala
shakllantiriladi.
Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi
batafsil bayon etiladi.
Shuningdek, ushbu MBda qanday turdagi ishlarni bajarish
mo‘ljallanayotganligi (tanlash, qo‘shish, ma’lumotlarni o‘zgartirish, hisobotni
ekranga chiqarish yoki chop etish va hokazo) sanab o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: