3.2.10-rasm. Yangi MB ni yaratish.
10.
Oxirgi oynada «Готово» (Тayyor) tugmachasini bosish ustani MBni
tuzish uchun ishga tushiradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan
parametrli MBni yaratadi.
3.2.11-rasm. Yangi MB ni yaratish.
MBni mustaqil ravishda yaratish
Yangi ma’lumotlar
bazasini Ustaning yordamisiz, mustaqil ravishda yaratish
mumkin. Buning uchun MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo‘lgan
oynadan
«Новая база данных» (Yangi MB) parametrini tanlab,
OK
tugmachasini bosamiz. Agar MB oldindan ochilgan bo‘lsa
yoki ishga tushirish
oynasi yopiq bo‘lsa, vositalar panelidagi
«Создать базу данных» (MBni
yaratish) tugmachasini bosish va sichqoncha ko‘rsatkichini yangi MB belgisi
ustiga
olib borib, tugmachasini ikki marta bosish kerak. Shundan so‘ng
«Имя
файла» (Fayl nomi) qatoriga baza nomini yozamiz va
«Создать» (Yaratish)
tugmachasini bosamiz. Natijada bo‘sh bo‘lgan MB tanasini hosil qilamiz.
Ma’lumotlar bazasini ochish
MBni ochishning ikki usuli mavjud. Uni MS Access MBBТni ishga tushirish
jarayonida yoki u bilan ishlash jarayonida ochish mumkin.
MBni MS Access bilan ishlash jarayonida ochish uchun
«Файл» (Fayl)
menyusida
«Открыть» (Ochish) buyrug’ini tanlash kerak. Shundan so‘ng
ochilgan oynadan foydalanib, quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
1. Adreslar panelida yorliq ustida sichqoncha
belgisini joylashtirib
tugmachasini bosish yoki
«Папка» (Papka) maydonida kerakli MB joylashgan
disk yoki papkani tanlash.
2. Papkalar ro‘yxatida kerakli papka ustida
ikki marta sichqoncha
tugmachasini bosib, MB joylashgan papkani ochish.
Agar kerakli MB topish imkoni bo‘lmasa
«Сервис» (Servis) tugmachasini
bosish va
«Найти» (Тopish) buyrug‘ini tanlash kerak.
«Найти» (Тopish) muloqot
oynasida izlash uchun qo‘shimcha shartlarni kiritish, so‘ngra
kerakli parametr
ustida sichqoncha tugmachasini bosish kerak. MBni faqat o‘qish, ya’ni
tahrirlamasdan ko‘rib chiqish uchun ochganda
«Открыть» (Ochish) tugmachasi
yonidagi strelkali
tugmachani bosish kerak va «Открыть для чтения» (O‘qish
uchun ochish) variantini tanlash lozim. MS Access MBBТni ishga tushirishda
ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Undagi
«Открыть базу данных» (MBni
ochish) bo‘limini tanlash va taklif etilayotgan barcha mavjud MBlari ro‘yxatidan
kerakli MBni sichqoncha tugmachasini MBning yozuvi va nomi ustida bosish
bilan ochish mumkin.
Dostları ilə paylaş: