Agar katakdagi belgilar o‘rnida «panjara» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan
bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun
kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi.
Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin katakdagi jadval kursorini sonli
qiymatlari bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar satrida sonli qiymatlarning
bichimlanmagan ko’rinishi hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning
katakdagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi.
Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli kataklarni ajratib olish
zarur.
Vositalar paneli yordamida bichimlash. Vositalar panelida bir qancha
bichimlash tugmalari joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab
olish va foydalanish imkonini beradi.
Kataklar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko’rsatkichini
olib borib, tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng katakda tanlangan bichim
asosida ish olib boriladi.
Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i
quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Menyuning
«Формат» => «Формат ячейки» (Katak bichimi) buyruqlari
tanlanib, muloqot oynasidan
«Число» (Son)ning kerakli parametrli bichimi
tanlanadi.
Тekislash. Matnlar katakka kiritilganda, ko’pincha, katakning chap
chegarasida tekislanadi. Sonli qiymatlar esa katakning o‘ng chegarasidan boshlab
tekis holatda yoziladi. Katakdagi yozuv chegaralarini turli tartibda o‘zgartirish
mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratib olinadi va vositalar panelida
joylashgan turli tomonli bichimlash piktogrammalaridan biri tanlab olinadi.
Bundan tashqari bosh menyudagi
«Формат» => «Ячейка» (Katak) =>
Dostları ilə paylaş: