Найти далее tugmasini bosish darkor;
belgilangan belgilarni almashtirish uchun Заменить tugmasini
bosish kerak, shundan so‘ng Заменить muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
3.1.13-rasm. “Найти и заменить” muloqot oynasi.
MS Excel bitta element yaratish maqsadida elementlarni yig‘ma jadvalga guruhlashga imkon beradi. Masalan, diagramma qurish yoki bosib chiqarish uchun oylarni choraklarga guruhlash. Jadval elementlarini guruhlash uchun quyidagilar zarur:
natijaviy satr yoki ustunga bo‘ysundiriladigan satr yoki ustunlarni belgilash (bu guruhlash lozim bo‘lgan satr yoki ustunlar bo‘ladi);
Данные menyusida Группа и структура punktini tanlash;
Группировать punktini tanlash. Shu tarzda strukturaning barcha kerakli darajalarini yaratish mumkin. Misol
uchun, 3.1.14-rasmdagi jadval 3 detalizatsiya darajasiga ega. Uchinchi daraja 2-4 va
6-8 satrlarini yashiradi, ikkinchi daraja -2-9 satrlarni yashiradi. Shunday qilib,
detalizatsiyaning birinchi darajasi faqat 1 va 10 satrlarni o‘z ichiga oladi. Darajalar
o‘rtasida o‘tish uchun jadvalning yuqori chap burchagidagi tegishli raqamlar bilan
tugmalar qo‘llanadi.
Guruhlashni olib tashlash uchun kerakli elementlarni belgilash, Данные menyusining Группа и структура punktini, so‘ngra Разгруппировать punktini
tanlash talab etiladi(3.1.14-rasm).
3.1.14-rasm. Guruhlar bilan ishlash oynasi.
MS Excel da oynalar va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash Ba'zida katta jadvalning turli qismlarini bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqish
talab qilinadi. Buning uchun jadval oynasini kichik oynalarga quyidagi usullardan
biri yordamida bo‘lish lozim:
Sichqon ko‘rsatkichini bo‘lishning gorizontal yoki vertikal ishora
belgisiga (3.1.15-rasm) o‘rnatish (u ikki tarafga yo‘naltirilgan strelka
ko‘rinishini oladi) va kerakli joyga tortib borish zarur. Kichik oynalar
kattaliklarini ishora belgisini tortib cho‘zib o‘zgartirish mumkin.
Oynani bo‘lish lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilash. Oynani 4
qismga bo‘lish uchun bo‘lishni bajarish lozim bo‘lgan katakni
belgilash lozim. So‘ngra Окно menyusida Разделить buyrug‘i
tanlanadi. Oyna belgilangan katak ustidagi satr bo‘yicha gorizontal va
undan chapdagi ustun bo‘yicha vertikal tarzda bo‘linadi. Oynalar bo‘linishini bekor qilish uchun Окно menyusida Снять разделение buyrug‘ini tanlash yoki ishorat belgisiga ikki marta bosish kerak.