Затем по ro‘yxati maydonida birinchi asosiy maydonda bir xil qiymatlarga
ega bo‘lgan ma'lumotlar u bo‘yicha saralanadigan maydon ko‘rsatiladi.
Затем по
ikkinchi maydonida birinchi ikkita asosiy maydonlarda bir xil qiymatlarga ega
bo‘lgan ma'lumotlar u bo‘yicha saralanadigan maydon ko‘rsatiladi.
Ma'lumotlarni saralash uchun shuningdek
tugmalaridan foydalaniladi.
Ulardan foydalanishdan avval yozuvlarni u bo‘yicha saralash lozim bo‘lgan
ustunni belgilash kerak.
Bir ustun bo‘yicha
saralashda, ushbu ustundagi bir xil qiymatga ega satrlar
oldingi tartibini saqlab qoladi. U bo‘yicha saralash bajarilayotgan ustundagi bo‘sh
kataklarga ega satrlar saralash ro‘yxatining oxiridan o‘rin oladi. MS Excel
shuningdek
butun jadvalni emas, balki faqat belgilangan satrlar yoki ustunlarni
saralashga imkon beradi.
Ma'lumotlar bazalari uchun, masalan,
qidirish, saralash, yakun yasash kabi
o‘ziga xos bo‘lgan
operatsiyalarni bajarishda, MS Excel avtomatik ravishda
jadvalni ma'lumotlar bazasi sifatida ko‘rib chiqadi. Ma'lumotlar bazasida yozuvni
ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, qo‘shish yoki o‘chirishda, shuningdek muayyan mezon
bo‘yicha yozuvlarni qidirishda ma'lumotlar formalaridan foydalanish qulay.
Данные menyusining Форма buyrug‘ga murojaat qilishda MS Excel
ma'lumotlarni o‘qiydi va ma'lumotlar formalarining muloqot oynasini yaratadi
(3.1.17-rasm).
3.1.17-rasm. Formalar bilan ishlash muloqot oynasi.
Ma'lumotlar formasida ekranga bir yozuv chiqariladi. Ma'lumotlarni
kiritish
yoki o‘zgartirishda ushbu maydon oynalarida ma'lumotlar bazasining tegishli
kataklari ichidagi ma'lumotlar o‘zgaradi.
Ma'lumotlar formalarini qo‘llash uchun jadval ustun nomlariga ega bo‘lishi
zarur. Ustun nomlari ma'lumotlar formasida maydon nomlariga aylanadi. Maydon
jadvalning har bir ustuniga mos keladi. Ma'lumotlar formasi avtomatik ravishda
shu
tarzda ochiladiki, ekranga bir martada 32 maydongacha birdaniga mazkur
jadvaldagi barcha maydonlarni chiqarish uchun. Aylantirish chizig‘i yordamida
ma'lumotlar bazasi yozuvini aylantirib ko‘rish mumkin.
Chiqarilgan yozuvning
o‘rni yuqori o‘ng burchakda ko‘rsatiladi. Forma maydonlari bo‘yicha sichqon va
Dostları ilə paylaş: