«Далее»tugmasini bosib, so‘rovni qanoatlantiruvchi yozuvlarni ko‘rib
chiqishimiz mumkin. Faylni xotiraga olib Файл ► Закрыть menyu buyrug‘i yordamida yoping. Mezonlar diapazonini o‘rnatish Mezonlar ikki turda bo‘ladi:
Критерии вычисления - bu formulaning hisoblash natijasi bo‘lgan mezonlardir. Masalan, =F7>СРЗНАЧ($F$7:$F$21) mezonlar diapazoni ekranga qiymatlari F7:F21 kataklaridagi kattaliklarning o‘rtacha qiymatidan kattaroq bo‘lgan F ustunidagi satrlarni chiqaradi. Formula ЛОЖЬ yoki ИСТИНА mantiqiy qiymatni qaytarishi lozim. Fil'tratsiyalashda faqat formulaga ИСТИНА qiymatini kasb etadigan satrlar mumkin bo‘ladi. Критерии сравнения - bu misol bo‘yicha so‘rovlarda ma'lumotlarni chiqarib olish uchun foydalaniladigan qidirish uchun shartlar to‘plami. Solishtirish mezoni belgilar ketma-ketligi (o`zgarmas) yoki ifoda (masalan, Нарх > 700) bo‘lishi mumkin. Mezonga javob beruvchi yozuvlarni ma'lumotlar formasi yordamida qidirish
uchun quyidagilar zarur:
jadvalda katakni belgilash;
Данные menyusida Форма buyrug‘ini tanlash;
Критерии tugmasini bosish;
tahrir qilish maydonlarida ma'lumotlarni qidirish uchun
mezonlarni kiritish;
mezonga javob beruvchi birinchi yozuvni ekranga chiqarish
uchun Далее tugmasini bosish;
mezonga javob beruvchi oldingi yozuvni ekranga chiqarish
uchun Назад tugmasini bosish;
boshqa mezonlar bo‘yicha yozuvlarni ro‘yxatda qidirish uchun
Критерии tugmasini bosish va yangi mezonlarni kiritish;
tugagandan so‘ng Закрыть tugmasini bosish.
Jadvalning barcha yozuvlari bilan ishlash huquqini yana egallash uchun,