3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


Jadvalga ma’lumotlarni kiritish yo’li bilan jadvalni hosil qilish



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/58
tarix20.10.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#65646
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
7-mavzu

 
Jadvalga ma’lumotlarni kiritish yo’li bilan jadvalni hosil qilish 
1. MB oynasiga o‘tish. 
2. «Таблица» (Jadval) ilovasida «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish. 
3. «Режим таблицы» (Jadval holati) elementida sichqoncha tugmachasini 
ikki marta bosish. Natijada ekranda 20 ta ustun va 30 ta satrdan iborat bo‘sh jadval 
hosil bo‘ladi. Alohida ko‘rsatma berilmasa, ustunlar «Поле1», «Поле2» va 
hokazo nomlarini oladi. 
4. Har bir ustun nomini o‘zgartirish uchun uning nomi ustida sichqoncha 
tugmachasini ikki marta bosish, yangi nomni ularga qo‘yiladigan barcha talablarga 
rioya qilgan holda kiritish va ENTER tugmachasini bosish kerak. 
5. Agar jadval 20 tadan ortiq ustunga ega bo‘lsa, yangi ustunlarni qo‘shish 
mumkin. Buning uchun yangi ustun qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyning chap 
tomonidagi ustunning o‘ng tomonida sichqoncha tugmachasini bosish va 
«Вставка» (Qo‘yish) menyusida «Столбец» (Ustun) buyrug‘ni tanlash kerak. 
6. Ma’lumotlarni jadvalga kiritish. Bunda har bir ustunga ma’lum turdagi 
ma’lumotlarni kiritish lozim. 
7. Barcha ustunlarga ma’lumotlarni kiritib bo‘lgandan so‘ng «Сохранить» 
(Saqlash) tugmachasini bosish kerak. 


Menyuning «Вид» (Ko’rinish) → «Свойства» (Xossalar) buyrug‘i jadval 
xususiyatlarini berish uchun oynani chiqaradi. Jadval maydoni quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
- nomlar uzunligi - 64 belgi; 
- harflarning har qanday kombinatsiyasi, son, probellar va nuqtadan tashqari 
maxsus belgilar, undov belgisi, qator osti belgisi, kvadrat qavs; 
- maydon nomi probel (bo‘sh joy) belgisi bilan boshlanmaydi. 
Maydon uchun ma'lumotlar turi tanlanadi. 
№ 
Ma'lumotlar turi 
Tarkibi 
O‘lchami 

Matnli 
Ixtiyoriy belgi 
255 belgigacha 

MEMO maydoni 
Tuzilmaga ega bo‘lmagan matn 
65535 (64 kb) 

Sonli 
Matematik hisob uchun ixtiyoriy 
sonli ma'lumotlar (pul 
operatsiyasidan tashqari) 
1,2,3,4 yoki 8 b 
4 Sana+Vaqt 
Sana va vaqt (100-9999) 
8 b 
5 Hisoblagich 
Ketma-ket 1 qadamdan iborat 
yoki yozuv qo‘shilayotgan 
vaqtdagi tasodifiy son. 
4 b 
6 Pulga doir 
Hisoblash vaqtida valyuta 
qiymatini ixchamlab oladi 
belgigacha butun 
qismida 4-kasr 
qismida 
7 Mantiqiy 
Ha, Yo‘q, Rost, Yolg‘on 
1 Bt 
8 Almashtirgich 
masteri (Master 
podstanovok) 
Boshqa jadvallar qiymatlarini 
yoki qiymatlar ro‘yxatidan 
tanlash 
45 (kalitli 
maydon) 
Maydonlar xususiyati tanlangan ma'lumotlar turiga bog‘liq. 
3.2.13 -rasm. Jadval konstruktori. 


Maydonlar xususiyati ikkita – «Общие» (Umumiy) va «Подстановка» 
(Almashtirish) ilovalarida beriladi. Jadval maydonlari boshqa jadval yoki so‘rov 
qiymatlari orqali to‘ldirilishi mumkin. 
Jadval ayrim maydonlari indekslangan maydon xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Indeks uchun jadval yozuvlarida qiymatlar mos tushishi yoki tushmasligi 
ko‘rsatiladi. Odatda boshqa jadvallar bog‘lanish kalitlari bo‘lib hisoblanuvchi 
maydonlar uchun yaratiladi va ular jadvaldagi yozuvlarni topishni osonlashtirishda, 
ko‘p jadvalli so‘rovlarni, hisobotlarni, shakllarni bajarishda ishlatiladi. Indekslar 
ichida jadval yozuvlarini belgilovchi Primary key - birinchi indeks ajralib turadi. 
3.2.14-rasm. Indeks oynasi. 
Menyuning «Вид» (Ko’rinish) → «Индексы» (Indekslar) buyrug‘i 
yordamida indekslarni yaratish, taxrirlash, o‘chirish amallarini bajarish mumkin.
Bitta indeks tarkibiga jadvalning bir nechta maydonlari kirishi mumkin. 
Jadval yoki so‘rovga jo‘natma ko‘rinishidagi qator manbasini aniqlash uchun 
quyidagilarni amalga oshirish kerak:

jadval konstruktoriga o‘tish; 

almashtirish (podstanovka) talab qilinadigan maydonni tanlash;

maydon turini ko‘rsatish - Мастер подстановок. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin