MBni MS Access bilan ishlash jarayonida ochish uchun
«Файл» (Fayl)
menyusida
«Открыть» (Ochish) buyrug’ini tanlash kerak. Shundan so‘ng
ochilgan oynadan foydalanib, quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
1. Adreslar panelida yorliq ustida sichqoncha belgisini joylashtirib
tugmachasini bosish yoki
«Папка» (Papka) maydonida kerakli MB joylashgan
disk yoki papkani tanlash.
2. Papkalar ro‘yxatida kerakli papka ustida ikki marta sichqoncha
tugmachasini bosib, MB joylashgan papkani ochish.
Agar kerakli MB topish imkoni bo‘lmasa
«Сервис» (Servis) tugmachasini
bosish va
«Найти» (Тopish) buyrug‘ini tanlash kerak.
«Найти» (Тopish) muloqot
oynasida izlash uchun qo‘shimcha shartlarni kiritish, so‘ngra kerakli parametr
ustida sichqoncha tugmachasini bosish kerak. MBni faqat o‘qish, ya’ni
tahrirlamasdan ko‘rib chiqish uchun ochganda
«Открыть» (Ochish) tugmachasi
yonidagi strelkali tugmachani bosish kerak va
«Открыть для чтения» (O‘qish
uchun ochish) variantini tanlash lozim. MS Access MBBТni ishga tushirishda
ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Undagi
«Открыть базу данных» (MBni
ochish) bo‘limini tanlash va taklif etilayotgan barcha mavjud MBlari ro‘yxatidan
kerakli MBni sichqoncha tugmachasini MBning yozuvi va nomi ustida bosish
bilan ochish mumkin.
Dostları ilə paylaş: