Bu o`qituvchiga tez – tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi.
3. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tekshirish malakalari tarbiyalanadi.
4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi.
3. O`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari.
Mustaqil ish darsning asosiy qismini o`z ichiga oladi. Demak, o`quvchilarni
mustaqil ish usullari bilan tanishtirish, matematik material ustida ishlash
metodlari bilan bog`liq ishlarning ahamiyati kattadir.
Agar mustaqil ish maqsadi va bajarish usullari o`quvchilarga ravshan bo`lsa,
ish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Shu sababli ishni bajarishga oid yo`l –
yo`riqlar muhimdir. Ular qisqa, aniq bo`lishi lozim. Masalan: masala
yechishga oid yo`l – yo`riq quyidagicha bo`lishi mumkin: masala shartining
qisqa yozuvini bajaring va uning yechilishini amallar bilan izoqlab bering
.Boshqa usullar bilan yechib, yechimni tekshiring.
a)Ishni mustaqil bajarishda o`quvchilarga yordam berishda kartochkalardan
foydalanish kerak.
b)Sinf o`quvchilari individual topshiriqni bajarishda tayyorlaydi: a)
o`quvchilar masala yechayotganda qisqa yozuvni bajaradi. b) masalani
yechayotgan o`quvchi yechimni boshqa varaqqa yozadi.
v)Tarqatma material hosil qilishda o`quvchilar tuzgan misollardan ham