3 mavzu: Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatiari
3 MAVZU: Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatiari.
REJA
1. Oz komplektli maktablar qanday maktablar va ular qanday tashkil etiladi. 2. Oz komplektli maktabda ishlashda o`qituvchi va o`quvchilar uchun qiyinchiliklar va to`siqlar .
3. O`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari.
4. Dars ishlanmasi va mashqlar to`plamini tuzish
1. Oz komplektli maktablar qanday maktablar va ular qanday tashkil etiladi.
O`zbekistonda Respublikasida tog`li va cho`l joylarda kichik – kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo`lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan me'yordan ancha kam bo`lgan 6-7 yoshli bolalar bo`lganda oz kompletli maktablar ochiladi. Oz komplektli maktab shunday maktabki, unda bir o`qituvchi bir vaqtda bir necha sinf bilan ishlaydi. Bu sinfda o`quvchilar soni 3 tadan 30 tagacha bo`lishi mumkin.
Ikki komplektli maktabda 4 ta sinfni birlashtirishning quyidagi variantlarini amalga oshirish mumkin:
1) I va II sinflar: III-IV sinflar.
2) I-III va II-IV sinflar.
Ikki komplektli maktabda bir o`qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Demak, o`quvchilar soni, tayyorligi, o`quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin.
Hozirgi paytda respublikamizda asosan bir komplektli maktablar ko`pchilikni tashkil qiladi.