3-mavzu. O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari. “Avesto” va zardo‘shtiylik Reja



Yüklə 36,21 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü36,21 Kb.
#97322
3-mavzu.


3-mavzu. O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari. “Avesto” va zardo‘shtiylik
Reja:
1.O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi. 
2.Boshqaruv tizimi va ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy,va siyosiyasoslari
3.Davlatchilik kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat turlari  va shakllari. Boshqaruv tizimi.
Ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari.
4. “Avesto” va zardo‘shtiylik
Davlat boshqaruvining paydo bo‘lishi insoniyat tarixida muhim muvaffaqiyat va sifatiy yangi bosqich bo‘ldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishi va takomillashuvida O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarda yashagan xalqlarning ham hissasi katta bo‘ldi.
Dunyo tarixida shaharlar, siyosiy birlashmalar, uyushmalar, keyinroq esa davlatlarning paydo bo‘lishi uzoq davom etgan jarayondir. E.V.Rtveladzening fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo‘llar bilan bo‘lib o‘tgan.
Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan
«Sharq yo‘li» bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dexqonchilik tashkil etgan; dexqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zarauriyati prinsipial boshqaruvchilarni taqazo etgan.
Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. IV ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan.
Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropacha yo‘li» Yevropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanish jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi.
Ma'lum bir kabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan rivojlanish bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. Shunga qaramay, qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta'kidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘rta Osiyo, umuman O‘zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslar sabab bo‘lib kelmoqda. Bu o‘rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo‘lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza davridayoq sun'iy sug‘orishga asoslangan dexqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dexqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dexqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va hususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi.
O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun'yi sug‘orish birlamchi qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dojla va Frot) misolida ham kuzatishimiz mumkin.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, dastlabki yirik shahar markazlarining paydo bo‘lish muammolari davlatlar paydo bo‘lishi masalalari bilan uzviy bog‘liq muammo hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, bizga qadar yetib kelgan yozma manbalar O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlatlar paydo bo‘lishi haqida nisbatan aniq ma'lumotlar bermaydi. Bu o‘rinda arxeologik ma'lumotlarning ahamiyati beqiyosdir.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi – dastlabki shaharlar va davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan (Anov, Sopolli, Jarqo‘ton, Qiziltepa, Ko‘zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo‘jilik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
So‘nggi bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro ayirboshlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador kabilalar va janubdagi o‘troq dexqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayrboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlaridan topilgan topilmalardagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu jarayonlar ham dastlabki shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillarilan hisobalanadi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dexqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq yechimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyo qadimgi davlatlari tipologiyasi va xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlasch XIX asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar olib borilgan “Avesto” ma'lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo‘yicha birlashishi), Gerodot va Gekatey asarlari (“Katta Xorazm”), shuningdek Ktesiyning Qadimgi Baqtriya davlati haqidagi ma'lumotlari va nihoyat, arxeologik tadqiqotlar natijalari O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishi muammolarini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqotchilar O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini ahmoniylargacha bo‘lgan davrda deb hisoblaydilar va mil. avv. IX-VIII asrlar bilan belgilaydilar (M.Dunker, V.Tomashek, F.Al'txaym, S.P.Tolstov, M.M.D'yakonov, I.M.D'yakonov, V.M.Masson, M.Dandamaev, Ya.G‘ulomov, B.A.Litvinskiy, E.V.Rtveladze, I.V.P'yankov, A.S.Sagdullaev va boshqalar).
So‘nggi bronza va ilk temir davriga kelib aholi soni va zichligining o‘sib borishi, hosildor yer maydonlarining o‘zlashtirilishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning jadallik bilan rivojlanishi aholi joylashuvining hayotiy zarur hududlarga bo‘linib ketishiga olib keladi. Bunday sharoitda chorvador aholining ma'lum bir qismi xo‘jalikning yarim o‘troq va chorvachilik shakliga o‘tishga majbur bo‘ladilar. Shuning uchun ham O‘rta Osiyodagi mill.avv.VI-IV asrlarga oid ko‘chmanchilar yodgorliklari o‘troq aholi hududlari chegaralarida (Orolbo‘yi, shimoliy Turkmaniston, Zarafshonning quyi oqimi, Pomir va boshq.) joylashganligi tasodifiy hol emas.
A.Sagdullaevning fikricha, Aryoshayona kabi viloyatlar uyushmasi vaqtinchalik va qoloq bo‘lib, Qadimgi Baqtriya kabi nisbatan yirik siyosiy uyushmalarning paydo bo‘lishiga O‘rta Osiyo o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi doimiy siyosiy qarama-qarshiliklar sabab bo‘ladi.
Aholi aralash joylashuvi hududlarida o‘troq viloyatlar siyosiy uyushmalarining shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri - O‘rta Osiyoning janubidagi dasht hududlarda joylashgan ko‘chmanchi kabilalar hujumi xavfli edi. Mil.avv.VII-VI asrlarga kelib bunday hujumlar tez-tez bo‘lishi muqarrar edi. Chunki, O‘rta Osiyoning ko‘pgina tog‘ va dasht hududlarida yilqichilik keng tarqalib, ko‘chmanchilarning o‘zlari esa katta jangovar muvaffaqiyatlarga erishib, jiddiy xavf tug‘dira boshlaydilar.
Mil.avv.VIII asrning oxiri – VII asrga kelib O‘rta Osiyoning janubidagi qishloqlar rivojlanishiga jadallik bilan o‘zgarishlar boshlanib Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida o‘zida shaharsozlik belgilarini (mustahkam devorlar, saroylar, burjlar, xandaqlar, devorlardagi o‘q otish yo‘laklari va boshq.) aks ettiruvchi makonlar paydo bo‘ladi. Ilk temir davriga oid bunday manzilgohlarning soni Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyonada 20 tadan ziyodroq. Asosiy manzilgohlar esa (maydoni 5 gadan kam) qishloq qo‘rg‘onlari, uchun katta bo‘lmagan alohida qal'alar va dexqonchilik qishloqlaridan iborat. Shaharlar turiga kiritish mumkin bo‘lgan, kattagina qo‘rg‘onli mustahkamlangan manzilgohlar ayrim qadimgi dexqonchilik viloyatlarida (Surxon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va boshq.) bitta yoki ikkitadan ko‘p bo‘lmagan. Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dexqonchilikning rivojlanishi va hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Janubiy hududlaridagi bu jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Yaqin Sharqdagi yuqori darajada rivolangan an'anaviy tarixiy-madaniy
aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan kelib chiqqan tashqi ta'sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, qadimgi davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo‘lgan. Dastlabki davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari- dexqonchilik va chorvachilik qaerda oldinroq rivojlangan bo‘lsa, o‘sha hududlarda paydo bo‘lgan. Davlatchilik jahon tarixida mil.avv. IV ming yillikning oxirida vujudga kelgan bo‘lib, insoniyat sivilizasiyasining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi.
Davlat tushunchasiga ta'rif berishda quyidagi umumlashgan yondashuv ayni haqiqatdir: davlat - bu muayyan oliy hokimiyatni amalga oshiruchi, maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilotdir. Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1.Aholining hududiy asosga ko‘ra birlashganligi;
2.Milliy suverenitetga egaligi(ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi mustaqillik);
3.Maxsus boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi;
4.Huquq tizimining mavjudligi;
5.Soliq tizimiga egaligi.
Davlatlarni tiplarga ajratishda formasion va siviliziasion yondashuvlar mavjud. Formasion yondashuv – davlatlarni ijtimoiy, iqtisodiy darajasini, bazis va ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda funksiyalari mezoniga ko‘ra tiplarga ajratishdir. Sivilizasion yondoshuv – davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi va funksiyalari bilan bir qatorda ko‘proq ularning tarixiy-madaniy taraqqiyoti, an'anaviy, axloqiy va madaniy rivojlanish darajasiga qarab tiplarga ajratishdir. Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda davlatchilik masalalari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarning aksariyati sivilizasion yondoshuvni qo‘llab-quvvatlaydilar. A.S.Sagdullaev qadimgi boshqaruv tizimi ko‘yidagi funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirganligini ta'kidlaydi: iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududdiy.
Davlatning jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy tizimida tutgan o‘rni quyidagicha izohlanadi:
1.Ma'lum hududlardagi davlat o‘z hududi doirasida yashovchi tilidan, dinidan, millatidan qa'tiy nazar, barcha aholiga hokimiyat ta'siri o‘tkazadigan yagona siyosiy tashkilotdir.
2.Davlat o‘z ichida va tashqi aloqalarda yo‘lga qo‘yiladigan munosabatlarda boshqa ijtimoiy- siyosiy tashkilotlardan farq qilgan holda, oliy hokimiyatga, to‘la suverenitetga egadir.
3.Davlat jamiyat hayoti taraqqiyotining turli sohalari va yo‘nalishlarini muvofaqlashtirib turadi.

Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar.


Qadimgi aholi.

Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo hudularidan topilgan piktografik belgi-yozuvlar bronza davriga oid bo‘lsa-da, ular hozircha kam sonli bo‘lib, qadimgi jamiyat haqida to‘liq ma'lumotlar bera olmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid ayrim kam sonli topilmalar ham (Xorazm, sak yozuvlari) to‘liq emas. O‘rta Osiyo hududlaridan milloddan avvalgi III-II asrlarga oid ko‘plab tanga pullar topilganki, ular qadimgi tarixni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o‘rta asrlarga qadar yetib kelgan ko‘p sonli yozma manbalar ma'lumotlari ham muhimdir.


O‘rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardushtiylarning muqaddas diniy kitobi “Avesto”, ahamoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon- rim tarixchilarining asarlari hisoblanib ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun ham ularda ba'zi hollarda chalkashliklar va noaniqliklar, bir-birini inkor etish hollari uchrab turadiki, bu o‘rinda mavjud yozma manbalarni arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish nihoyatda muhimdir. Arxeologik ma'lumotlar yozma manbalar ma'lumotlarini kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning aniq yo‘nalishlarini ko‘rsatib, ma'lum davr haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi.
Mil avv. VI asrning o‘rtalariga kelib Erondagi Ahamoniylar sulolasi hukmdorlari Qadimgi Sharqdagi ko‘pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O‘rta Osiyodagi Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, “Saklar o‘lkasi” ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatdilar. Ahamoniylar davrida bitilgan mixxat manbalarda O‘rta Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin.
Bu yozuvlar mil avv. VI-IV asrlarga oid bo‘lib, Eron hududlarida, xususan, Behistun va Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlaridan topib o‘rganilgan. Bular orasida eng muhimi Behistun yozuvlari bo‘lib, u Doro I davrida yozilgan. Bu yozuvlarda Doro I bosib olgan o‘lkalar sanab o‘tiladi. Shuningdek, bosib olingan hududlarda forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar haqida ma'lumotlar beriladi.
Suza shahridan topilgan yozuvlarda Doro I bunday e'lon qiladi: “Suzadagi saroyni men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog‘ochi Ganxaradan, oltin - Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard So‘g‘diyonadan, feruza-Xorazmdan, kumush va bronza Araxoziyadan, tosh ustunlar - Elamdan yetkazib kelingan.”
Persepol shahridagi saroy devorlarida baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘dlar va saklarning o‘yib ishlangan rasmlari topilgan. Bu rasmlarda So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm va saklar o‘lkasidan bo‘lgan soliq to‘lovchilarning ahamoniylarga turli xil buyumlar (hunarmandchilik, tikuvchilik, zargarlik, harbiy qurollar), hamda qadimgi Sharqda mashhur bo‘lgan otlar va tuyalarni soliq sifatida olib kelayotgani tasvirlangan. Xullas, ahamoniylar davri yozuvlarida o‘lkamiz xalqlarining qadimgi tarixiga oid quyidagi ma'lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat ma'lumotlari.
Yunon-rim tarixchilaridan birinchi bo‘lib “tarixning otasi” Gerodot (mil.avv. V asr) O‘rta Osiyo xalqlari haqida ma'lumotlar beradi. Gerodot o‘zining mashhur “Tarix” kitobini mil. avv. 455-445 yillarda yozgan. Bu o‘rinda shuni ta'kidlash joizki, Gerodot O‘rta Osiyo viloyatlarining birortasida ham bo‘lmagan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyodagi xalqlar, viloyatlar joylashuvidagi nafaqat aniq, balki umumiy chegaralaridan ham bexabar bo‘lgan. O‘rta Osiyo viloyatlari haqida esa, o‘zi eshitgan hikoyalari, surishtirib bilganlari asosida yozgan.
A.Sagdullaevning hisobiga qaraganda, Gerodot “Tarix” kitobida Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 45 marta, so‘g‘dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.

Mehnat faoliyati, tevarak olam haqidagi to’plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o’zgartirib yubordi. Odamlar o’zlariga tushunarsiz bo’lgan hodisalar haqida o’ylay boshladi: kun bilan tun , yil fasllarining almashinuvi , vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam fikrini o’ziga tortgan. Ana shu hodisalarni tushuntirib berish qo’lidan kelmagan inson momoaqaldiroq ,


yashin, shamol, yomg’ir kabi tabiat kuchlariga sig’ina boshladi. Bora- bora eng qadimgi odamlarda insin vafot etgandan keyin yashahsni davom ettiradigan o’zga bir olamga ketadi deganaqidaga ishonch paydo bo’ldi.
Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda animism nomini olgan . Yil fasllarining almashinuvi , momaqaldiroq bo’ronni qadimgi odamlar ruh mujassamlashgan tabiat kuchlari harakati deb tushuntirganlar. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yohud balo- qazoni bartaraf etishiga ham e’tiqod qilganlar,bu e’tiqod fetishism nomini olgan so’nggi paleolitga oid bo’lgan qoya rasmlarining topilishi eng qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlat bo’lgani to’g’risidagiisbotlardan biridir. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir va Boshqirdistondagi Kapova g’orlaridan topilgan.Diniy e’tiqodlar kurtaklari va va marhumlar ko’milgan eng qadimgi qabrlar o’rta paleolit davrida vujudga kelgan.

ANIMIZM - (lotincha anima - jon, ruh) - jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bolgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, hayotdagi turli hodisalar (tush, gallyutsinatsiya, va


hokazo)ni tushunmagan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga tasir qiladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.

TOTEMIZM (Shimoliy Аmеrikа indеyslаrining оjibvе qаbilаsi tilidаgi


«оtоtеm» - «uning urug`i» so`zidаn) - ibtidоiy diniy e`tiqоdlаrning ilk
shаkllаridаn biri. U kishilаrning mа`lum guruhi bilan hаyvоn vа o`simliklаrning
muаyyan turlаri (bа`zаn tаbiаt hоdisаlаri, jоnsiz nаrsаlаr) o`rtаsidа g`аyritаbiiy
аlоqа, qоn-qаrindоshlik bоr dеgаn e`tiqоdgа аsоslаnаdi. Hаyvоnlаr,
o`simliklаr, jоnsiz prеdmеtlаr tоtеm hisоblаngаn. Tоtеmlаr (ko`pinchа hаyvоnlаr) оv qilinmаgаn, o`ldirilmаgаn, go`shti
yеyilmаgаn, ulаr go`yo kishilаrning qudrаtli himоyachisi hisоblаngаn. Qаbilа, urug` hаr bir а`zоsining hаyoti vа fаrоvоnligi tоtеmgа
bоg`liq dеb qаrаlgаn. Ulаr o`z tоtеmini qаrindоshi, аkаsi, оtаsi, do`sti dеb hisоblаgаn. Hаr bir qаbilа, urug` o`z tоtеmining nоmi
bilan аtаlgаn. Tоtеmistik e`tiqоd vа mаrоsimlаr muаyyan ko`rinishdа ko`p
xаlqlаrdа, аyniqsа, Аvstrаliyadаgi qаbilаlаrdа sаqlаnib qоlgаn.
FITESHIZM (portugalcha fetico, fransuzcha fetiche - sehrli narsa, tumor) -
g`аyritаbiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar - fetishlarga
sig`inish. Sig`inish obyektlari, yani fetishlar - tosh, tayoq, ko`zmunchoq, tumor va har qanday buyum bo`lishi mumkin. Fiteshizm dinining qadimgi unsurlaridan biri. Barcha ibtidoiy xalqlarda bo`lgan.
KOHINLAR – qadimda diniy marosimlarni olib borgan, xudolar va odamlar o“rtasida vositachi hamda qurbonlik bag“ishlaydigan ruhoniylar.
RIGVEDA - Qadimgi Hindiston yozma adabiyotining qadimgi yodgorligi – Vedalarning bir qismi. Vedalar 4 ta qismdan: “Rigveda” (qasida, madhiya, duolar to`plami), “Samaveda” (qo`shiqlar to`plami), “Ayurveda” yoki “Yajurveda” (qurbonlik qilish yo`llari), “Atharvaveda” (sehrli duolar
to`plami) yetib kelgan. Vedalar ichida eng qadimgisi bo`lmish Rigveda 10 kitob
(mandala)dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar ilohiy kuchlar sifatida
gavdalantirilib, ular sharafiga qo`shiqlar, madhiyalar, to`qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan.
O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishiga doir arxeologik manbalar.
Qon qarindoshlikga asoslangan urug`chilik davri manbalari. Diniy qarashlarning paydo bo’lishi to’g’risida ko’plab yozma manbalar kamroq, negaki
diniy qarashlar yozuv paydo bo’lishidan ancha oldin paydo bo’lgan. Aniq ishonch
bilan aytish mumkinki, O’rta Osiyoda xalqlarning ibtidoiy diniy qarashlari so’ngi
paleolit davridan boshlab paydo bo’la boshlagan. Mustye davriga oid Teshiktosh
g’oridan topilgan neandertal bola qabridan qizil rang – ohira ilarining topilishi va
qabirning hayvon shoxlari bilan o’ralishi bu fikrning yaqqol ashyoviy dalili bo’lib
hizmat qiladi. Neolit va Eneolit davrida, ya’ni qon – qarindoshchilikga asoslangan
urug’chilik jamoasi davrida jamoaning alohida ajratilgan sajdagoh – sig’inish
xonalari paydo bo’ladi. Bu davrda butun jamoa uchun bitta umumiy sig’inish
xonasining bo’lshi xarakterligi. Huddi shunday xonalar , Pasadiqtepa, Chaqmoqli,
Yassitepa, Yalong’och yodgorliklarida o’rganilgan.
Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolutsiyasi odamlarning
turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam
o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahilarini hosil qilishni asta sekin o’rgandi. Va bu
odamni ot’troq hayot kechirishga majbur etdi. Odam hayvonlarni qo’lga o’rgatgan
hamda ular berayotgan maxsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht,
balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishish hamda idishlar yasash odamga
yangi muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam ovqat va ichimliklar
saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanilgan loyni
tayyorlashni o’rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan keskin farq qiladi. Shu
jumladan tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish – bu esa muhim farq va shu
farq davrga nom berdi ( Neolit – yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar
davri ). Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar
zich va ko’pchilik dehqonlar bilan o’rnashardi. Tinch va ovqat bilan ta’minlash,
tug’ilish va bolalarni tirik qolishi, o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin
ko’payishi yangi yerlarni o’zlashtirishga hayot tarzini o’zgarishi diniy
tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.
Dehqonchilikning ehtiyojlari xosilini uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish
kerakligiga hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yer shari sikllari – bu
hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga quyoshu oyga, yomg’iru shamolga
yangi qiziqishni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga
bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi, iltijo va qurbonlik ularga
atalarda ularga ataladi, ammo o’ta tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasvirlar keskin
o’sar edi. Natijada qadimgi ruhlar animistik sig’inish obyekt asta sekin o’ta
qudratlidir hudolarga aylandilar. Ular uchun mikrop hamda cherkovlar tashkil
etadilar va ulardan kecha va kunduz dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan
mutaxasis hizmatkorlarning – kelajakdagi kohinlar hizmat qilardi. Qadimgi
totomistik tasavvurlar ham o’zgarardi dehqonlarni kasbi ov natijasiga bog’liq
bo’lmagan holda, hayvonlarni qadirlay boshladi, ammo hayvonlar va totomistik
tog’risidagi tasavvur avlodlar hotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa tashqi
qiyofani biron – bir ko’tarilgan hayvon siymosida o’tmishda aks etgan.
Tangrilarni ko’pining ko’rinishi hayvon, Qush baliqlarning yo boshi yo tanasidan
bo’lar edi. Mifologik ajdodlarning yuqorida aytib o’tilgan tangriga qarindoshligi
saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin va harakteri o’zgardi tangrilarning qudrati butler
mehroblar yoki cherkovlar yonida keltirilgan qurbonliklar yirik haykallar shakliga
aylandi. Ba’zan butlar o’rniga shartli ramziy narsalar obelisk, yumoloq katta toshlar guruhi foydalanildi. Ilk fetishizmning yuksalishda bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarni ramz etadi. Bu yerda ibodat va diniy marosimlar o’tkazilar edi.
Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va
omadli ovdan ta’minlash va ruhlardan istaganiga yetishdik. Ibtidoiy usullar
o’rniga juda ham qattiq ham yumshoq, puxta o’ylangan ilohlar bilan ovqat
marosimlari, shu jumladan diniy marosimlar mexri, ibodat va qurbonlik qilish
tartibi yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yodlanar edi. Ammo bir
qancha yangiliklar yuzga keldi. Afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning
maqsadi boshqa edi – bu xoxish harakatini yuzaga keltirmasdan uni bilishdir,
chunki mantiq folbinlikni ilk shakillari neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi
dehqonlar qudratli tangridan qo’rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga
juda qiziqar edi. Buning uchun ( qurbonlik ) tabiat kuchlari ilohlariga yoki
ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan
qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va
iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda
barcha usul va prinsiplari bilan mantiqa yordamga kelar edi. Xar bir shamanga
mansub bo’lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqliroq mantiqqa yuqori saviyali
madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyimi shartli belgilar
tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar imlosini qoniqtirganligini hamda
ularning iltijolariga aniq javob berisha tayyorligini anglatardi.
Belgilar tizimi xar hil – elementlarga, ko’ra tashlashdan murakkab
chiziq yoriq nuqta va chiziqlarni qo’shilishigacha.
Mintaqadan tashqari neolit davrida unumdorlik va ko’payishga sig’inish
keskin rivojlana boshladi. Qadimgi totemistik tasavvurlardan ko’p narsa olib bu
sig’inish yerning unumdorligi, honadon chorvasi ko’payishi hamda ayollarning
serpushtligini birlashtira oldi. Sig’inish davri ( ko’pincha bahor va kuzda ) iloh
hamda ruhlarga atab tantanali diniy marosimlar bilan o’tar edi. Bu diniy
marosimlar hamda udumlar faollik timsoli va ramzlari bilan Hoshiyalangan edi.
Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, yuqorida aytib o’tilgan timsol va ramzlar
erkaklarni urug’lantirish va ayollarni serpushtligiga manosini hamda ijodiy
potensiyallarini bog’lashni anglatdi. Unumdorlik, ko’payish, serpushtlikka sig’inishlar mifologiyalarda o’z aksini topgan. Rivoyatlarda ko’pincha erkak va ayol qiyofasida qudratli ilohlar uchraydi. Ular bir-biri bilan xar xil sarguzashtli, yolg’onli nikoh aloqalariga kirgan. Ayniqsa tangrini ayol bilan bo’lgan aloqasi mifologik syujetda aks etgan.
Shu tasavvur etilgan aloqalardan totemizm tasavvurlarining ildizlari kelib chiqadi,
unda afsonaviy qaxramonlar dunyoga kelib u yoki bu etnik jamoalarning ajdodlari
yoki hukumdorlari bo’lib chiqadi.
Neolit davrida yangi mazmunli yana bir eng muhim sig’inishlardan biri
marhum ajdodlarga sig’inish yuzaga keldi. Bu sig’inish shu bilan ma’lum ediki
bunda o’lganlar dunyoda o’ta tabiiy kuchga ega bo’lib, triklarga ta’sir etishga
qodir edi. Neolit davrining boshida bu sig’inish ancha murakkablashdi.
Birinchidan, marhumning faqatgina ruhi nargi dunyoga ketmay, balki
uning material substansiyasi, ya’ni yerdagi paytida foydalangan buyumlarni ham
o’zi bilan olib ketar edi. Bular neolitik dafn marosimlarida aks ettirilgan: Dafn bu
o’ziga xos zahiradir, ya’ni dafn ettilayotgan marhum bilan birga uning yoniga
kiyimlari, mehnat qurollari, qurol aslahalari, ovqat va ichimliklari bilan birga
idishlar, taqinchoqlar va h.k. qo’yilar edi. Bu holatda dafn etishda eng yaxshi
kiramikadan bo’lgan hamda murakkab va ritual harakterga ega bo’lgan yozuvli
idishlar qo’yilar edi.
Ikkinchidan, ijtimoiy holatidan kelib chiqib dafn etilayotgan farqlanadi,
ya’ni ibtidoiy neolit dehhqonchiligda ularning roli va uni o’rni marhumlarning
tengsizligini ko’rsatadi: ba’zilari boy, ular ko’p narsalar bilan dafn etilar edi,
ba’zilari esa sanoqli narsalar bilan. Bufarqdan ma’lum bo’ladiki, neolit davrida
mumkin ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bo’lib o’tgan. Bu davrda jamoa
bilan ishlab chiqarayotgan yalpi mahsulotlarning o’tishi oshiqgarchilik vujudga
keltirishga shart sharoit yaratishdir. Bu oshiqcha maxsulot ijtimoiy tengsizlikni
yuzaga kelishiga iqtisodiy asos bo’ladim, ya’ni harbiy sohada 1
hunarmandchilikda qurilishda va h.k.da boshqaruvchi odamlar qatlamini shakillanishi uchun.
Arxeologik tadqiqotlar asosida quyi Zarafshon vohasida neolit yodgorliklarini
xronologik jihatdan uch bosqichga bo’lish mumkin. Vinagradov A.V. Kaltaminor
moddiy madaniyatini atroflicha o’rganib bu madaniyatni xronologik jihatdan
uchta taraqqiyot bosqichiga bo’ldi: birinchi bosqich Daryosoy, ilk neolit. ikkinchi
bosqich Jonboz bosqichi rivojlangan neolit. So’ngi neolit bosqichi sharqiy
Oyoqagitma yodgorligi. Kaltaminor madaniyati tadqiqotlari jarayonida neolit
davri jamoalari uy joylari haqida ham qimmatli ma’lumotlar olingan. (Jonboz IV,
Uchashi, Darvozaqir, Lavlakan). Bu uylar ona urug’i jamoalari umum uylaridir,
bu uyular ichida devorlar bo’ylab kichik o’choqlar mavjud. O’choqlar asosan
chaylalarning tashqarisida joylashgan. Sopoldan yasalgan ayollar haykalchalari
topilishi ham o’ziga xos diniy tasavvurlarni bildiradi. Kaltaminor manzilgohi dafn
marosimlari bilan bog’liq bo’lgan qabrlar topib o’rganilishi juda qiziqarlidir.
Shunday manzilgohlar Tumek, kichik Jiklardir. Neolit davri moddiy
madaniyatining xranologik chegarasi diniy ahloqiy tushunchalari o’zaro madaniy
aloqadorliklari va kelib chiqish ildizlari xo’jalik asoslari kabi masalalarni
oydinlashtirishda muhimmanba bo’lib xizmat qiladi. Neolit davri juft oilalarining
paydo bo’lishi o’troqlashish jarayoni jamiyatdagi ijtimoi o’zgarishlar ayollar
mavqeini oshganligini loydan yasalgan kichik haykalchalarida ko’rinadi. Diniy
e’tiqod marosimlari borasida umumurug’ jamoa uylari o’rtasida so’nmas olovli
katta o’choqlar topilishi, qoyatosh rasimlari mavjudligi hamda qabr tadqiqotlari
jasadning joylashish holati, atrofidan topilgan ashyoviy dalilarqizil rang ohiralar
qimmatli ma’lumotlar beradi. Respublikamiz hudularidan topilgan qoyatosh
suratlari 146dan ortiq bo’lib dunyoning boshqa joyidan topilgan suratlaridan
keskin farq qiladi. Hozirgi kungacha eng mashhurlari Zarautsoy, Sarmishsoy,
Suratisoy va boshqalardir. Zarautsoy suratlari Lomayev tomonidan topilgan.
Zaraut kamar ovchilar yashaydigan joy emas balki ovga tayorlanadigan ba’zi urf
odatlar o’tkaziladigan joydir. Sarmishsoy suratlari Zarautsoy rasimlaridan farqli
ravishda urub cho’kichlab ishlangan. 1958 – yil tarix va arxealogiya instituti ilmiy
xodimi X.Muhammedov qisman o’rgangan. Sarmishsoy rasmlarining asosiy
qismi tog’ darasi toraygan qoyatoshga ancha silliq ishlangan. O’rta Osiyo xalqlarining ko’pchiligi qadimdan mo’jizavi narsalar va jonivorlarga shu jumladan
toshga sig’inish odati bo’lgan. Sarmishsoy davri odamlari qadimgi ajdodlar ibodat
qilgan, sig’ingan muqaddas dargoh bo’lgan. U davr kishilari ma’lum vaqtlarda bu
muqaddas dargohdagi rasmli qoyalar yonida ibodat qilib, diniy udumlar, irim
sirimlarni bajo keltirgan bo’lishlari kerak. Anashu irim sirimlardan biri qoyalarga
rasm chizish odati bo’lgan. Ba’zi etnografik ma’lumotlarga qaraganda qoyalarga
va xar hil buyumlarga ishlangan rasmlar kishilarga baxt keltiradi, chorva mollari
va yovvoyi hayvonlar tuyog’ini ko’paytiradi, ularni xar xil kasalliklardan asraydi
deb hisoblaganlar. Sarmishsoydagi turli davrlarga mansub bo’lgan son sanoqsiz
rasmlar hilma hil manzaralar xissiy go’zallik uchun yoki bekorchilikdan bezash
uchun ishlangan emas. Alohida alohida ishlangan rasimlar ham ayrim voqea
hodisalarni ifoda etuvchi manzaralar ham qadimgi davr kishilarining ibtidoiy
tushunchalari va diniy e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan sexrli ma’noni anglatadi.
Rasmlarning mazmuni, mavzusi, tuzilishi, joylashishiga qarab xulosa
chiqaradigan bo’lsak, ibtidoiy kishilar tomonidan afsungarlik, sexrgarlik va yana
qandaydir diniy maqsadlarda ishlanganligiga amin bo’lish mumkin.
Neolit davri diniy tasavvurlari o’ziga xos ijtimoiy hayot nbilan birgalikda
kechgan. Ma’lumki neolit davri o’rtoqlashuv jarayonida diniy tasavvurlar
dexqonchilik soxasi bilan bog’liqdir. O’rta Osiyo beolit davri diniy e’tiqodlarini
jahon madaniyati manzilgohlari bilan bog’laydigan bo’lsak bu vaqtda har qanday
oziqa ilohiy hisoblanganligini ko’rish mumkin.

O‘rta Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e'tiqodlari, payg‘ambarlari va ular ta'limotlarining yoyilishi masalalari uzoq yillardan buyon tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, hamon ko‘pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo‘layotgan masaladir. Ma'lumki, ahamoniylar davridan boshlab (balki undan ham oldinroq) arab bosqiniga qadar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din – zardo‘shtiylik dini edi. Bu dinning asoschisi Zaratushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» va u paydo bo‘lgan hudud haqidagi masalalar ham hozirgi kunda ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi.


Juda ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo‘lmasdan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o‘rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi. Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan (Sug‘diycha Spitaman degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo‘lib, otasini Pouro‘shasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi «oltin tuyali», «oltin tuya yetaklagan odam» ma'nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo‘lib, u tug‘ilgan mamlakat bizga noma'lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug‘ilgan joyi va sanasi, zarto‘shtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to‘la ma'lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi.
Zaratushtraning qaysi yilda tug‘ilganligi haqida aniq ma'lumot yo‘q. Tadqiqotchilar fikrlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, uning tug‘ilgan yili keng tarixiy sanalar bilan bog‘lanadi ( mil. avv. 1500-1000yillardan boshlab, mil. avv. VII-VI asrlargacha). Yunon-rim tarixchilari ham Zaratushtra qachon tug‘ilganligi haqida aniq ma'lumot bermaydilar. Faqatgina, lidiyalik Ksanf ( mil. avv. II asr) Zaratushtraning faoliyatini Kserksdan 600 yil avval edi, deb ma'lumot beradi. Boshqa grek mualliflarining xabarlari bundan ham ishonchsiz. Sosoniylar davri ( III-VII asr) zardo‘shtiylar an'analariga e'tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning hayoti mil. avv. VII asrning oxiri – VI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Abu Rayxon Beruniy Zaratushtraning tug‘ilgan yilini Aleksandr Makedonskiydan 258 yil oldin edi, deb belgilaydi. Ayrim tadqiqotchilar bu sanani to‘g‘ri desa, ba'zilari noto‘g‘ri deb hisoblaydilar. 330 yilda ahamoniylarning so‘ngi vakili bo‘lgan Doro III vafot etadi. Hokimiyat Aleksandring qo‘liga o‘tadi. Agar Beruniy ma'lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak (330+258=588), Zaratushtra mil. avv. 588 yilda tug‘ilgan. V.I. Abaev va I.M.D'yakonov xulosalariga ko‘ra, Zaratushtra yashab o‘tgan vaqt-bu mil. avv. VII-VI asrlardir. Olimlar fikriga ko‘ra, Zaratushtra mil. avv. 553-541 yillar atrofida 77 yoshida vafot etgan. Bu sana hisobidan Zaratushtra 630-553 yillar yoki 618-541 yillar davomida yashab, faoliyat ko‘rsatgan.
Zaratushtraning tug‘ilgan joyi haqida hozirgacha ham bahslar davom etayotgan bo‘lishiga qaramasdan, bu muammoga to‘la aniqliklar kiritilmagan. U haqida turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon hududida tug‘ilgan deb hisoblaydilar. Bu guruh olimlar, Avestoda keltirilgan Ar'yanam Vayja ( Eron tekisligi) viloyatini o‘zlariga asos qilib oladilar. Yana bir guruh olimlar Zaratushtrani Baqtriyada tug‘ilgan deb hisoblaydilar. Bu guruh olimlar grek tarixchisi Ktesiy ma'lumotlariga asoslanadilar. Shuningdek, bu guruh olimlar Avestoning eng qadimgi qismlari Baqtriyada yozilganligini ta'kidlaydilar. Yana boshqa bir olimlar guruhi Zaratushtraning vatani – qadimgi Xorazm deb hisoblaydilar. Olimlar orasida Zaratushtra va Avestoning vatani Sug‘diyona degan fikrlar ham bor. Avesto matnlarida esa Zaratushtra tug‘ilgan joy va uning vatani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.
Avestoda keltirilgan geografik hududlarni o‘rganishdan xulosa chiqargan ko‘pchilik hozirgi tadqiqotchilar Zaratushtraning O‘rta Osiyo viloyatlaridan birida, hech bo‘lmaganda bu hududga qo‘shni bo‘lgan shimoli-g‘arbiy Eron hududida tug‘ilganligini e'tirof etadilar. Umuman olganda, Zaratushtraning vatani O‘rta Osiyo – Xorazm yoki Baqtriya deb hisoblovchi olimlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Zaratushtraning diniy islohotlari o‘z vatanida tarafdorlarini topmaganligi bois, payg‘ambar o‘z yurtidan ketishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra e'tiqodini qabul qilgan birinchi tarafdorlari – bu qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o‘z g‘oyalarida qonli qurbonlik ( mil. avv. VII asrgacha bo‘lgan dinlarda odamlar va hayvonlar xudolarga qurbonlik qilingan) qilishni qat'iyan qoralaydi. Zaratushtra yana shuni ta'kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr O‘rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ya'ni, ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘zgarib, davlatchilik tizimi Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabilar shular jumlasidandir. Vohu Manax (olihimmat fikr) chorvaga, Ashi Vahishta esa olovga omiylik qiladi va hokazo. O‘tmishning eng ahamiyatli dinlaridan bo‘lgan zardo‘shtiylik diniy-falsafiy ikkilikni (dualizmni), qadimgi urf-odatlar va tarixiy rivoyatlarni o‘ziga singdiradi va bundan tashqari zardushtiylik, payg‘ambar Zaratushtradan oldingi davrlarga oid qadimgi kabilalarning falsafasi va dunyoqarashlarini ham o‘z ichiga oladi.
Zardo‘shtiylik Sosoniylar davrida (milodning III-VII asrlari) uzil-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardo‘shtiylikning adabiyoti ham keng tarqaladi. Shuni aytish kerkki, dastlabki paytlarda zardushtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlardan og‘zaki yetkazilgan va Zaratushtra o‘limidan keyin bir necha asr o‘tgach ma'lumotlar to‘planib yagona matn yozilgan.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avesto shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardushtiylik an'analariga tayanib Avestoni ilk sosoniylar (III-IV asrlar ) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrlarda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Avesto jumlasi ham o‘sha paytda paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘rta fors tilida «apastak», ya'ni «asos», «asosiy matn» degan ma'noni bildiradi.
Musulmonlarda «Qur'on», nasroniylarda «Bibliya» bo‘lganligidek, Avesto – zardo‘shtiylik dinining matnlari to‘plamidir. Bu to‘plamlar turli vaqtlarda va turli joylarda vujudga kelgan. Eronda islom dini qabul qilingach, Avestoning katta qismi yo‘q bo‘lib ketadi. Bizgacha uning kundalik diniy amaliyotlari uchun zarur bo‘lgan matnlarigina yetib kelgan xolos.
Eng qizig‘i Vadevdat bo‘lib, to‘plamning ma'nosi – «devlarga qarshi qonun» demkdir. U kohinlar majmui bo‘lib, poklanish marosimlari qoidalari, gunohlarni yuvish va sahovatli bo‘lish, har xil urf-odat qoidalari, shu bilan birga dafn etish marosimlari haqidagi bo‘limdir.
Zardo‘shtiylik murakkab va g‘oyat o‘ziga xos dafn marosimini ishlab chiqdi. Avestodagi yerga, suvga olovga o‘likni tekizib harom qilishni qat'iy taqiqlash- uning asosini tashkil etadi. Kimki insonni yoki itni yerga ko‘msa, katta gunoh qilgan hisoblanib, bu gunohi uchun «otning qamchisi» bilan 500 marta urilgan. Inson yoki itning o‘ligi ko‘milgan yerga bir yilgacha ekin ekish ta'qiqlangan. Demak, zardo‘shtiylarning qonunlariga ko‘ra jasadni yerga ko‘mish, suvga tashlash, gulxanda qo‘ydirish man qilingan. Shuning uchun ham jasadni zardo‘shtiylar uydan, manzilgohdan, shahardan, tuproqdan, muqaddas olovdan, suvdan chetlashtirib uni toshli va qumli tepaliklarga yoki boshqa maxsus joylarga olib borib qoldiriganlar. Yil davomida qor va yomg‘ir suvlari murda suyaklarini yuvib, ularni quyoshning muqaddas nuri yana tozalagandan so‘ng, maxsus odamlar –«go‘rkovlar» («ristokashlar») zardo‘shtiylarning ochiq qabristonlariga kelib, tozalangan suyaklarni qishloq – shaharlarga olib kelganlar. Faqat shundagina, murakkab dafn marosimlaridan keyin, suyaklarni yerga ko‘mish yoki maxsus xonalarda, sopol idishlarda va tobutchalarga saqlash mumkin edi.
Videvdatda bu suyak saqlanadigan joy «isdona» deb yuritiladi, undan qadimgiroq pahlaviy matnlarda esa «ostadon» deyiladi. Uning tarjimasi haligacha aniq emas va ikki xil ma'no beradi. Ayrim olimlarning fikricha, isdona- ostodan, sopol tobutga – ossuariy bo‘lib, ular O‘rta Osiyo qadimgi yodgorliklarida tez-tez uchrab turadi. Ayrim tadqiqotchilar jumladan V.B. Xenning bu so‘zni «er ostidagi sag‘ana» deb tarjima qilgan.
Mil. avv. VI-IV asrlarga oid ossuariylar O‘rta Osiyo hududidan ko‘plab topilgan. Dafn marosimi bilan alohida odamlar guruhi shug‘ullangan bo‘lib, ularni «ristokash», ya'ni «iflos va toza bo‘lmas odamlar» deb hisoblashgan. Ular olov va suvdan 30 metr uzoqlikda yurishlari kerak bo‘lgan. Shuningdek ular odamlarga 3 metrgacha yaqin yurmasligi lozim bo‘lgan. Umuman zardo‘shtiylik ta'limoti, yer, suv, havo va olovni muqaddas deb hisoblagan. Bu an'analardan ba'zilari (suvga tupurmaslik va peshob qilmaslik, nikoh to‘ylarida kelinni olovdan aylantirish va hokazo) bizgacha saqlanib qolgan.
VII-VIII asrlarda arablar O‘rta Osiyo va Eronni bosib olgach, bu hududlarda Zaratushtra ta'limoti yo‘q qilinib islom dini yoyildi, zardo‘shtiylarning katta qismi XVIII asrda Hindistonga ko‘chib o‘tdilar. Hozirgi kunda zardo‘shtiylikka sig‘inuvchi xalqlar faqat Hindiston va Eronda yashaydilar. Zaratushtra o‘z zamonasida ham va undan keyin ham tarixiy shaxs bo‘lib qoldi. U yaratgan ta'limot esa ma'lum muddat deyarli butun Sharqqa va O‘rta Osiyoga yoyilib, ko‘pchilik davlatlar diniga aylandi.
Umuman olganda, Zaratushtraning diniy-falsafiy aqidalari va ta'limoti urug‘ kabilachilik va yakkaxudolikka sig‘inishni targ‘ib qiladi hamda unda adolat, mehnat va mehnatsevarlik, halollik, yaxshilik, yorug‘lik, olihimmatlik, bag‘rikenglik va ezgulik haqidagi olqishlar asosiy o‘rinda turadi. Ayniqsa, Zaratushtraning ma'naviy-axloqiy ta'limotida yaxshi fikr (gumata), yaxshi so‘z (gugta) va yaxshi ish (gvorishta) ga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek Zaratushtra ta'limotida odamlarning teng huquqli bo‘lib yashashi, bir-biriga yaxshi munosabatda bo‘lish, bir- biriga yordam berish targ‘ib qilinadi hamda adolatsizlik, shafqatsizlik, zo‘ravonlik va tabiatga bemehrlik qattiq qoralanadi. Zardo‘shtiylik ta'limotida Axuramazda azaldan mavjud bo‘lgan hamda abadiy iloh sifatida alohida o‘ringa qo‘yiladi. Shu sababdan ham Avestoda barcha ezgulik va yorug‘lik Axuramazda tomonidan yaratilganligi ta'kidlanadi. Unga qarama-qarshi o‘laroq yovuzlik va jaholat xudosi Axriman o‘zining barcha yomon niyatlarini amalga oshira borib, Axuramazda yaratgan moddiy olamga ma'naviy zarar yetkazadi va jamiyatga xos bo‘lmagan ahloqiy buzuqliklarni keltirib chiqaradi. Axrimanning bunday yovuz niyatlariga qarshi kurashish uchun Axuramazda yaratgan zardo‘shtiylik aqidalarini qabul qilish hamda unga itoat etish ta'kidlanadi.
Zaratushtraning fikricha, eng ezgu niyatlar, umumbaxsh va olijanob fikrlar Axuramazda tarafdorlarining qalbidan joy olishi lozim. Faqat shundagina odamlarning hatti-harakatida, odil jamiyat barpo etishdagi faoliyatida, tabiatga va bir-birilariga bo‘lgan munosabatda yomonlik va johillik bo‘lmaydi. Shundan so‘ng ezgu niyatli kishilarning harakatlari Axuramazdaning ezgu niyatlari bilan qo‘shilib, ma'naviy kurashda yovuz va zulmat kuchlari ustidan g‘olib keladi.
Zaratushtra ta'limotining jamiyat va insoniyat tarqqiyotidagi eng muhim va diqqatga moliq bo‘lgan tomoni shundaki, unda butun tabiatni – yer, suv, daraxt, o‘simlik va jonivorlarni e'zozlash, yerga ishlov berib, sug‘orib, bog‘-rog‘lar va ekinzorlar barpo etish, chorvachilikni keng yo‘lga qo‘yish, suv va olovni muqaddas tutish shart bo‘lgan.
Shunday qilib zardo‘shtiylik ta'limoti yaxshilik va ezgulik g‘oyalari bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu ta'limot yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘ularini uyg‘otadi hamda kishilarni komilikka, yaratuvchanlikka, ezgulikka undaydi.
Avestoning eng qimmatli tomonlaridan biri – u O‘zbekiston xalqlari qadimgi tarixi o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Avestoni to‘plam holda to‘plagan olim Anketil Dyupperon ( Fransiya) bo‘lib, u XVIII asrning o‘rtalarida bu muqaddas kitobni Hintistondagi Gujarat viloyatidan keltiradi va fransuz tilida chop ettiradi. Tadqiqotchilar uni qo‘yidagi qismlardan iborat deb hisoblaydilar: - « Yasna» - «qurbonlik keltirish», «Yasht»- «qadrlash», «Videvdat» -
«devlarga qarshi qonunlar», «Visprat» - «barcha hukmdorlar». «Yasna» dagi 72 ta bobdan 17 tasi payg‘ambar Zaratushtraga tegishli. Ular – «Gota» lar nomli «muqaddas qo‘shiqlar» yoki madhiyalardir.
Videvdatda O‘rta Osiyodagi viloyatlar va davlatlar haqida qo‘yidagicha ma'lumotlar beriladi:
«Men, Axuramazda eng yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida birinchi bo‘lib Vanxvi Daiti bo‘yida (ko‘pchilik tadqiqotchilar uni Amudaryo deydilar – Eshov B.) Aryanam Vayjoni yaratdim, shunda o‘lim keltiruvchi Anxro Manyo… devlar va qishni yaratdi…Men Axuramazda yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida ikkinchi bo‘lib Sug‘diylar yashaydigan Gava makonida asos soldim». Shundan so‘ng Mouru (Marg‘iyona), Bahdi (Baqtriya) Nisaya (Parfiya), Xarayva (Hirot), Voixa- Girta (Qobul atroflari), Avrara (Tus), Xiyrman (Hilmend vohasi) kabilar eslatiladi. Hammasi bo‘lib Avestoda 16 ta mamlakat-viloyat tilga olingan bo‘lib ulardan Gava, Bahdi, Nisaya va Mouru aniq lokalizasiyaga ega. Qolganlari esa hozircha qaysi hududlar ekanligi taxmin qilinadi.
Ba'zi olimlar, Aleksandr Makedonskiy qadimgi forslar sulolasini tor-mor etganidan so‘ng Avestoning eski qismlari yo‘q qilingan deb hisoblaydilar. Ammo, Parfiya podshosi Vologez I davrida (milodning 51-78 yillari) bu kitobning qolgan-qutgan qismlari to‘planadi va keyinroq tahrir qilinadi.
Avestoning eng qadimgi qismlari keng hududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqida yozuvsiz zamonlarga oid tasavurlarni ham saqlaganlar. Avesto kitoblari turli xil ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shular jumlasidan - qadimgi geografik tushunchalar – daryolar, tog‘lar, ko‘llar nomlari, hududiy- etnik kabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro‘yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy tuzum, diniy nasihatlar, zardo‘shtiylarning falsafasi, dunyo tarixi rivojlanishi haqidagi ma'lumotlar va boshqalardir.
Olimlarning e'tirof etishlaricha, Avesto Sharq xalqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgacha muhim manba bo‘lib, u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoldi. Bu kitob dastavval e'tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma'naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiyot rivojlanishining umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan.
Avesto ma'lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o‘rgangan olimlarning fikricha, mil. avv. II ming yillikning o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘lib, davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o‘zlashtirishi natijasida chorvador ko‘chmachilikdan o‘troq dehqonchilikka o‘ta bshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg‘iyona, Parfiya, Sug‘diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo‘lgan edi. Misol uchun, Avestoning «Vandidod» kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o‘n oltita mamlakat (o‘lka)ning hududiy – ma'muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma'lumotlar berilgan.
Ushbu ma'lumotlarga ko‘ra davlatni, kabi ya'ni, boshqaruv tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O‘z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo‘lidan ikkinchisiga meros sifatida o‘tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
Avesto davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma'lumotlar beradi. Bu ma'lumotlarga ko‘ra, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo‘lib, har bir oila o‘rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a'zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug‘chilik tuzumining ayrim xususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a'zolari tomonidan xo‘jalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turar joyda – uy-qo‘rg‘onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir.
Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi – «nmana»yoki «dmana», katta oila oqsoqoli – «nmanapati», urug‘ jamoasi boshlig‘i – «vis», katta qishloq oqsoqoli «vispati», kabila boshlig‘i – «zantupati», viloyat hokimi – «daxyupati», bir necha viloyatlar hokimi – «daxyusastar», mamlakat hokimi – «kavi» lardan tashkil topgan. Avestoda oila, urug‘ va kabila boshlig‘ini anglatish uchun «pati» so‘zi ishlatilgan. «Kavi» yoki «sastar» mamlakatni idora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida quyidagicha ma'lumot bor: “Ko‘p yaylovlarga ega bo‘lgan Mitrani biz ulug‘laymiz .Unga hech kim yolg‘on gapira olmaydi: uyda oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli, kabila yo‘lboshchisi va mamlakat hokimi ham yolg‘onchi bo‘lsa, g‘azablangan Mitra butunlay oilani, urug‘ni, kabilani, mamlakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo‘q qiladi.”
Ayrim tadqiqotchilar ilmiy tahlillarga asoslanib Avestoda tasvirlangan va O‘rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelish jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar: Birinchi davr – eng qadimgi davr bo‘lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo‘lgan. Ikkinchi davr – yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan. Uchinchi davrda – aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo‘lgan. A. S. Sagdullaev uzoq yillik qiyosiy tadqiqotlar asosida Avesto davri davlat boshqaruvini quyidagicha izohlaydi: Shuningdek, olimning fikricha, Avestoning Yasht kitobida keltirilgan ma'lumotlar O‘rta Osiyoda kabilalar siyosiy birlashmasining tarkib topgan davrlariga mansub bo‘lishi mumkin. Avesto davrida xususiy mulk quyidagilardan iborat bo‘lgan: uy-joy, chorva, tomorqa yerlari, ishlab chiqarish qurollari, barcha ro‘zg‘or va shaxsiy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari.
Avesto kitoblarida qadimgi chorvachilik va dehqonchilik hayoti haqida ma'lumotlar turli qismlarda saqlangan bo‘lib ularda shunday deyiladi: «Biz Axuramazdani ulug‘laymiz, Axuramazda yaratgan barcha narsaning ichida eng muhim bo‘lib, birinchi o‘rinda chorva turadi. Biz chorvaga tinch o‘tlov va yemish ta'minlashga chaqiramiz». Yoki Videvdat kitobida dehqonchilik savob ish ekanligi ta'kidlangan: «Kim agar chap va o‘ng qo‘li, o‘ng va chap qo‘li bilan bu zaminga ishlov bersa, O. Spitama Zaratushtra, u yerga manfaat keltiradi».
Ta'kidlash joizki, Avesto davri kabilalar va jamoalar e'tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davri edi. Shuningdek, bu davr tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg‘a siljishlar davri bo‘lganligi bilan ham izohlanadiki, bu holat ierarxik tuzumga ega bo‘lgan davlatchilik hamda urbanizasiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda metallurgiyaning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan edi.
Mis, bronza, keyinroq temirning paydo bo‘lishi ishlab chiqarishdagi katta o‘zgarishlarga, jumladan hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajralishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon O‘rta Osiyo qadimgi shahar va qishloqlarining rivojlanishiga, ziroatkor va chorvador aholi turmush tarzining tubdan o‘zgirishiga olib keldi.
Avesto ko‘pgina ma'lumotlar qatori metallurgiya sohasida erishilgan yutuqlar haqida ham ma'lumotlar beradi. Bunga Avesto xudolarining boy qurol – yarog‘lari misol bo‘la oladi. Masalan, zardo‘shtiylarning ulug‘ xudolaridan biri Mitra «oltin arava»da tasvirlanib, qo‘lida «sariq ma'dandan yasalgan, tilla bilan qoplangan, yuz tig‘li va yuz zarbali, eng kuchli va eng zafarli» bolta ushlab turadi. Mitraning aravasida yoki qalqonida kumush va oltindan bezaklar solinadi. Mitraning aravasida «o‘tkir, yaxshi charxlangan, ilohiy uchadigan va ilohiy kesadigan» minglab o‘tkir o‘qlar va nayzalar, minglab pichoqlar va cho‘qmorlar tasvirlangan.
Avestoda tilga olingan viloyatlar (o‘lkalar) – Aryanam Vayjo, Gava Sug‘da, Mouru, Bahdi, Nisaya kabilar, O‘rta Osiyo, Janubiy Uraloldi va Markaziy Qozog‘iston hududlarida joylashgan bo‘lib bu ulkan mintaqada muhim polimetallar bazasi, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida keng yaylov hududlar, Baqtriya, Marv, Niso va Sug‘dda urbanizasiyalashgan markazlar mavjud edi.
Avesto madhiyalarida ma'lum ijtimoiy bosqichlardagi izchillik va ierarxiyani ham ajratish mumkin. Shuningdek, Avestoda ilk shaharlar shakllanish bosqichlari Axuramazda farmoni bilan dastlabki odam Yima tomonidan mustahkamlangan «vara» bunyod etishi misolida kuzatiladi. Bunday «vara» lardan biri arxeologlar tomonidan Janubiy Ural – Qozog‘istondagi «shaharlar o‘lkasi» dan topilgan bronza davrida oid Arkaim yodgorligida bo‘lishi mumkin. Arkaim yodgorligi bir nechta mustahkamlangan manzilgohlardan iborat bo‘lib, xandaqlar va qatorli mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, kirish qismi himoyalangan. Yodgorlik murakkab va aniq tuzilishga ega. Yodgorlik hududlaridan, hunarmandchilikning avvalo, metall eritish va unga ishlov berishning izlari, bronzadan yasalgan buyumlar, turar-joylarning Avesto madhiyalarida eslatilgan «vara» shaklidagi bunyod etilishi shahar madaniyati belgilarini, ijtimoiy va madaniy tarqqiyotining yuqori darajasini, nom-davlatlar ko‘rinishidagi shaharlar shakllanishini o‘zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma -bosqich rivojlanishi esa, O‘rta Osiyoning janubiy va markaziy hududlarida kuzatiladi.
Bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan Avesto kitobi va zardo‘shtiylarning an'analari hamda ta'limoti, inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari ma'lum qonun
– qoidalarga yoki ma'lum huquqiy tartibga asoslangani haqida ma'lumot beradi.
Tarixiy ma'lumotlardan ma'lumki, Zaratushtra yashagan davr ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qaror topayotgan notinch va murakkab davr edi. Bir necha bor adolatsizlik, shafqatsizlik va zo‘ravonliklarning guvohi bo‘lgan Zaratushtra o‘zining dastlabki ta'limotini yovuzlik va zo‘ravonlikka qarshi qaratadi. Aynan shuning uchun ham Zaratushtra ta'limotining asosini tartibga chaqirish, huquqiy normalarni belgilash,adolatga intilish, xulq-obod tantanasi, tinchlikka intilish hamda ezgulikka da'vat etish tashkil etgan.
Avesto ma'lumotlariga ko‘ra, yaxshi so‘z va yaxshi maqsad, poklik va ezgulikka intilish, doimiy haqiqatni ro‘yobga chiqarish, suv, yer, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash barcha narsadan ustun ahloqiy burch bo‘lib sanalgan. Inson o‘ziga yuklatilgan ezgu burchlar, o‘zining qilgan ishlari va
fikrlari bilan, ezgulik, yaxshilik, yorug‘lik va baxt keltiruvchi, hayot va haqiqat baxshida etuvchi oliy xudo Axuramazdaga yordamchi bo‘lib kasallik va o‘lim keltiruvchi yovo‘z xudo Axrimanga qarshi bo‘lishi lozim edi.
Yüklə 36,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin