3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi Reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix28.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#90739
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

Sporaning o‘sishi. Bakteriya sporasi yaxshi sharoitga tushsa, muhitning rN-i
optimum darajada bo‘lsa, spora tez o‘sib chiqadi va sekin asta bakterial hujayraga 
aylanadi, ya’ni spora avval suvni shimadi va bo‘kadi, u kattalashib tashqi ekzina 
qavati yoriladi va ichidan intina bilan o‘ralgan (o‘sish trubkasi) bakteriya hujayrasi
chiqadi. Keyinchalik ozod bo‘lgan bakteriyaning uzayishi va o‘sha uzaygan 
hujayraning bo‘linishi kuzatiladi. Bakteriyalarning o‘sishi uchun fermentlarni 
aktivlashtiruvchi L - alanin, glyukoza va Mn
h
ionlari zarur.
Bakteriya hujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch holatda tirik 
saqlanishi mumkin. Ba’zi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va 
boshqa moddalarning etishmasligidan ularning hujayralarida sistalar paydo bo‘ldi. 
Bular spora emas. Masalan, azotobakter shunday sistalar hosil qiladi. Ular 
temperatura va quritishga chidamli bo‘ladi. SHu xil tashqi sharoitdan o‘zini 
muxofaza qilish sianobakteriyalarda akinetlarmiksobakteriyalarda miksosporalar, 
aktinomitsetlarda esa endosporalar hosil qilish bilan boradi. 
13-rasm. Sporaning etilishi (1) va tuzilishi (2): 
S-etilgan spora; P-sporaning unib chiqishi; V-vegetaiv hujayra; 1- xromatin 
ipchalarining bir joyga to‘planishi; 2-to‘siq (septani) hosil bo‘lishi; 3-ona 
hujayraning protoplasti bilan septaning o‘rab olinishi; 4-korteksning shakllanishi; 


5-spora qavatining shakllanishi; 6-spora qavatining etilishi; 7-ona hujayraning 
emirilishi va sporaning tashqariga chiqishi. 
NSO-sporaning tashqi po‘sti; VSO-sporaning ichki po‘sti; VMS-sporaning 
tashqi membranasi; SPM-sporaning sitoplazmatik po‘sti; S-spora; K-korteks; KS-
murtak qobig‘i; SS-hujayra po‘sti bilan sporaning membranasi oarsidagi 
sitoplazmaning membranasi; P-sporaning bo‘rtmalari; LS-linzasimon struktura; V-
sporaning o‘simtalari. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin